O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

KARONAVIRUS OFATMI Yo NAJOTMI?

 
 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qorin xastaligi ila o‘lgan shahiddir, vaboda o‘lgan shahiddir”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Islomda vabo kasali tufayli vafot etgan kishi shahidga tenglashtirilgan ekan karonavirusdan o‘lgan kishi ham shahid maqomidadir. Bu uning uchun najotdir. Bugungi kunda butun dunyoni egallab olayotgan va hisobsiz insonlarni yostig‘ini quritayotgan karonavirus pandemiyasi qanday paydo bo‘ldi. Sababi insonning o‘zi. Inson Alloh bergan ozgina boyligi bilan, Alloh taola bergan va chegaralab qo‘ygan ozgina ilmi bilan hamma narsani hal qilishiga ishonib qoldi. Bu esa insonni gunoh ishlarni tap tortmasdan qilishga olib keldi. Birov birovni haqidan qo‘rqmaslik, xarom yeb ichishlik, xarom ishlar zino, o‘g‘irlik kabi illatlar ochiqchasiga qilina boshlandi. Olimlar esa boylik evaziga bilimlarini odamlarni qirish uchun har-xil ximiyaviy va biologik qurollar yaratishga sarflay boshladilar. Bularning bari esa insoniyatni mag‘lubiyatga olib keldi, ya'ni hozirgi karonavirus o‘latiga duchor bo‘lishdi. Bu haqda Qur'onda shunday deyilgan:

إِنَّ ٱلۡإِنسَـٰنَ لَفِی خُسۡرٍ

Albatta, inson xusrondadir. (Xusron-mag‘lubiyat, yutqiziq va nuqson ma'nolarini anglatadi) Asr surasi, 2-oyat.

Nihoyat odamlar, insonni Allohning oldida hech narsaga arzimasligini anglab yetishdi. Chunki insoniyat texnalogiya rivojlanib kompyutr zamonida yashagani bilan, nihoyatda ulkan xotirali, o‘ta sezgir apparaturalarni yasab foydalanayotgani bilan Allohning yuborgan oddiy bir virusi oldida ojiz qoldi. Hatto meditsina nihoyatda rivojlangan davlatlar ham bu ulatni davosini topolmay boshi qotgan. Bu holat har bir fikrlay oladigan insonni albatta iymonga keltiradi. Bu esa insonlar uchun najotdir. Alloh mehribon bizga shu xusrondan qutulish yo‘lini ham ko‘rsatib shunday dedi:

إِلَّا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ وَتَوَاصَوۡا۟ بِٱلۡحَقِّ وَتَوَاصَوۡا۟ بِٱلصَّبۡرِ

Magar iymon keltirganlar va solih amallar qilganlar, bir-birlarini haqga chaqirganlar va bir-birlarini sabrga chaqirganlar mustasnodir. Asr surasi, 3- oyat

(Ma'lum bo‘ldiki, inson ikki dunyoda badbaxt bo‘lib qolmaslik uchun to‘rtta sifatga ega bo‘lishi kerak ekan: Allohga iymon keltirishi. Solih amallar qilishi. Haq amallar qilishi. Sabrga chaqirishi.)

Karonavirus tufayli qancha insonlar iymon kalimalarini aytib musulmon bo‘ldilar, qanchadan-qancha fahsh ishlar to‘xtadi, qancha isrof, xarom istemol qilishliklar kamaydi, qanchadan qancha namoz o‘qimay yurgan musulmonlar namozlarini boshladilar, odamlar istig‘for ayta boshlashdi.

Millionlab odamlar ulatni to‘xtatishlik uchun oylab uylaridan chiqmasdan o‘tirishibdi. Ya'ni sabr qilishayapti. Bularning bari esa insonlar uchun najotdir.

Norqulov Abduvali - Pastdarg‘om tuman "Bog‘onali" jome masjidi imom-noibi 


Kiritilgan vaqti: 13/05/2020 10:49;   Ko‘rilganligi: 1161
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/karonavirus-ofatmi-yo-najotmi
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 13:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing