O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Islom dini haqiqiy bag‘rikenglik va mehr-muhabbat dinidir.

 
 

Islom dinida tinchlik va osoishtalikka e'tibor kuchli, shuningdek, bag‘rikenglik uning negizi hisoblanadi. Islom dini jamiyat a'zolarini yuksak insoniy fazilatlar sohibi qilib tarbiyalaydi.

Insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, halollik, boshqa din larga ehtirom, olijanob axloqni targ‘ib etadi. Islom dini kibrni qoralaydi, qabilachilik va xurofotlarga keskin qarshi chiqadi, irsiy birodarlik o‘rniga insoniy birodarlik jamoasi bo‘lmish “ummat” tushunchasining kiritilishi ham aynan Islom dinining insoniyatga sharaf tojini kiydirganidan dalolatdir. Islom dini haqiqiy bag‘rikenglik va mehr-muhabbat dinidir. U o‘zining ilk davridayoq tinchlikparvarlik dini sifatida namoyon bo‘lib, o‘zidan oldingi dinlarga hech qanday tazyiq o‘tkazmadi. Islom birinchi kunlardanoq barcha samoviy dinlar bir manba, bir buloqdan suv ichishini ta'kidlab keladi. Uning ta'limotiga binoan, barcha Payg‘ambarlar birodardirlar, ilohiy diyonatlarning barcha ibodatxonalari himoya va mudofaa qilinishi kerak, dinlardagi ixtiloflar qotillik va adovatlarga sabab bo‘lmasligi, yaxshilik va silai rahmdan to‘smasligi lozim.


Kiritilgan vaqti: 28/07/2023 10:08;   Ko‘rilganligi: 752
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/islom-dini-haqiqiy-bagrikenglik-va-mehr-muhabbat-dinidir
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing