O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

ER KISHI XALQ DARDI ILA YASHAYDI

 
 

O‘n sakkiz ming olamni yo‘qdan paydo qilgan zot bu borliqda shu o‘n sakkiz ming turlik mavjudod orasidan faqat insonni ulug‘ va mukammal bo‘lishini ixtiyor kildi. Darxaqiqat inson, kun kelib yerda xalifa bo‘ldi. So‘ngra butun olamlarni yaratgan zot, insonga shu yerni  obod qilishni buyurdi va bu ishda parvardigor insonga o‘zi ko‘mak berdi. Keyin o‘z qo‘li bilan obod qilgan shu yerda hech qachon fisqu-fasod ishlar qilma dedi. Insonga Alloh, shu zaminni obod qilish uchun yetarli shijoat ham berdi. Alloh taolo o‘z kalomi qur'oni-karimda aytadi:

“Erkaklarni ayollardan kuchli qilib yaratdim”.

Bu oyatda bizga Alloh taolo nimani ta'lim bermoqda? Ya'ni ey erkaklar zimmalaringizga umr davomida duch keladigan eng og‘ir ishlarni sizlar hal qilingiz deganidir. Oilangizni, jamiyatingizni qurg‘oni bo‘ling deganidir. Ayollarni esa erkaklardan kuchsiz qilib yaratdik degani, shu umr davomida oilangni, jamiyatingni eng oson va nozik ishlarini siz ayollarga buyurdik deganidir. Demak, jamiyatda erkak o‘z vazifasini ayol ham o‘z vazifa burchlarini ado etsa, bu yerda doim tinchlik omonlik va baraka bo‘ladi. Bundan bir ulkan ma'no ma'lum bo‘ladi. Er kishining haqiqiy dardi elning dardi bo‘lishi lozim. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam  shunday deganlar: «Musulmon kishi suvga o‘xshashi kerak». Suvning xususiyati shundan iboratki, turmush davomida biz hech narsani suvsiz tasavvur qila olmaymiz. Mana bir taomga suv aralashmasa, u taom iste'molga layoqatsiz bo‘ladi. O‘sha uchun suv taom pishguncha birga bo‘lib, o‘zini fido qilib so‘ng aytar ekan: «Mana sen tayyor bo‘lding men esa sen uchun fido bo‘ldim, buyog‘iga endi o‘zing astoydil bo‘l» der ekan. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida shunday degan:

Odamiy ersang demagil ani odamiy,

Oniyki yuq xalk g‘amidin g‘ami.

Bundan ma'lum bo‘ladiki, xalq g‘amida bo‘lmagan insonni inson deb bo‘lmas ekan. O‘tmish ulug‘ tarixga nazar solsak, “Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Abu Bakir Siddiq (r.a) ga nisbatan shunday go‘zal so‘zni aytganlar: «Menga odamlar orasida molida ham, jonida ham, suhbatida ham eng bemalol bo‘lganim Abu Bakir Siddiqdir.

Bundan ma'lum bo‘ladiki Abu Bakir Siddiq payg‘ambarimizni bu ishonchlarini oqlaganliklari o‘zini jonini-yu molini payg‘ambarimiz va u zotdan keyin qiyomatgacha keluvchi bandalarga o‘zini fido qilgani va butun el dardida bo‘lgani ma'lum bo‘ladi.

Bir kuni kechasi Rasululloh sallollohu alayhi vasallam huzurlariga Jabroil farishta kelib dedi: “El Allohning payg‘ambari do‘stingiz Abu Bakirning ayni paytdagi ibodatiga qolgan ummatingizni yetmish yillik ibodatidan ko‘p ajr berildi”. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam yarim kechasi bo‘lishiga qaramasdan Abu Bakir Siddiqni uylariga bordi. Abu Bakir Siddiq hayojonlanib, ota-onam sizga fido bo‘lsin yo rasullolloh yarim tunda sizni nima bezovta qildi? Rasululloh sallollohu alayhi vasallam so‘radilar: «Ey Abu Bakir ayni paytda nima qilayotgan edingiz?». Abu Bakir (r.a) dedilar: «Ikki rakaat namoz o‘kib turuvdim xayolimga bir narsa keldi, jannat-u do‘zax yaratilgan qiyomatda o‘ziga tegishlilar bilan to‘ldiriladi shunda men duo qildim: Ey robbim meni jussamni shu qadar katta qilgin va do‘zaxga tashlagin, do‘zax men bilan to‘lsin va boshka odamga joy qolmasin!». Shunda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam yig‘lab dedilar: «Ey birodarim Abu Bakr siz ochiq azobni ixtiyor etdingizmi?. Abu Bakir (r.a) dedilar “Yo rasullolloh men duzax o‘tiga bardosh bera olaman, lekin shu do‘zaxga tushadigan ummatingizni ko‘rib, qalbingiz ozor chekishligiga bardosh bera olmayman. Rasululloh sallollohu alayxi vasallam dedilar: Ummatim sizni fidoyiligingiz tufayli najot topadi. Yaqin tarixga nazar solsak, Jaloliddin Manguberdi o‘ttiz yoshlarida buyuk sarkarda bo‘lgan va o‘ttiz ikki yoshida el dardi g‘amida o‘zini jonini fido qilgan. Bu zotlarning shijoatlarida xaqiqiy er kishi uchun ulkan ibratlar bor.

Mana marhum  yurtboshimiz o‘z umrlarini yigirma besh yilini eliga, vataniga bag‘ishlab shu el dardida o‘tdilar. U zotning shiori “Bizdan ozod va obod vatan qolsin” edi. Bugun esa shu muborak yo‘lni davom ettirgan holda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Miromonovich esa  shu el-u xalq dardi, manfaati yulida samarali islohatlar olib bormokda. Demak, bizdan ham bugun va bundan keyin ham shunday fidoyilik talab qilinadi. El dardi bilan yashashning ajri shariatda juda ulug‘ baholangan. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam dedilar: “Qaysiki banda kechasi uxlar ekan, ummatni boshiga tushgan mushkulni oson qilish dardida bo‘lmas ekan, tongda uyg‘onganda ummatim bo‘lmay uyg‘onadi”.   

K.Azimov  Pastdarg‘om tuman “Oshiq ota” jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 02/05/2020 11:31;   Ko‘rilganligi: 1353
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/er-kishi-xalq-dardi-ila-yashaydi
Chop etilgan vaqti: 11/11/2024 03:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing