O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga tahdidi.

 
 

Dunyoda osoyishta muhitni izdan chiqarishga qaratilgan vayronkor g‘oyalarning yangidan yangi shakllari paydo bo‘layotgani har daqiqa ogoh bo‘lishni talab qiladi.

Yaratilgan imkoniyatlardan unimli foydalanish, jamiyat ravnaqiga xizmat qilish o‘rniga buzg‘inchilikni kasb qilgan,o‘z vatani, xalqiga xiyonat qilishdan toymaydigan kimsalar afsuski oramizda bor. Ularning aqidaparastlik, mutaassiblik yo‘lida dindan niqob sifatida foydalanayotgani, natijada botil yo‘lga kirib, zalolatga ketayotgani achinarli hol.

Islom dini tinchlik dinidir. Uning bosh g‘oyasi tinch-totuv hayot kechirishdan iborat. Tinchlik insoniyatga in'om etilgan eng ulug‘ ne'matdir.

Alloh taolo Baqara surasining 208-oyatida shunday marhamat qiladi: ”Ey iymon keltirganlar! Barchangiz yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!”.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Tinchlik va xotirjamlik ikki ulug‘ ne'matdirki, bundan ko‘p odamlar bebahradirlar”, deb marhamat qilganlar.

Shiddat bilan rivojlanayotgan  bugungi zamonda internet tarmog‘i yovuzlik quroliga aylanib qolayotgani haqiqat. Unda targ‘ib qilinayotgan g‘arazli ma'lumotlar, vayronkor g‘oyalar, hayosizlik kabi illatlar ayniqsa, yoshlar ongiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin . Binobarin, ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu borada mas'uliyatli bo‘lishlari zarur .

Yot oqimlar ta'siridagi kimsalar o‘z qilmishlarini din yo‘lida kurash, deb xaspo‘shlashga urinadi. Unutmaylikki, Islom dini hech qachon yovuzlikka buyurmaydi.

N.Xidirov “Ko‘k to‘nli bobo” jome masjidi  imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 08/07/2021 11:39;   Ko‘rilganligi: 526
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/ekstremizm-va-terrorizmning-jamiyat-barqarorligiga-tahdidi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 11:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing