BUGUNGI KUN JONKUYARLARI
Alloh taolo yaratgan ruhiy hayotning eng afzal tomonlaridan biri yaxshillik yo‘lidagi o‘zaro yordamdir. Bu narsa ijtimoiy hayotni yuqori darajaga ko‘tarish, jamiyat a'zolarining farovonligini oshirish va ularning dardu-g‘ami, qayg‘u-alamlarini yengillatishdan iboratdir. Hozirgi zamon madaniyati o‘zaro yordamni yaxshi tushungan.
Shuning uchun ham, barcha joylarda o‘zaro yordam va hamkorlik tashkilotlari tuzulgan. O‘zi aslida insoniylikni eng yaxshi sifatlaridan biri bu, inson o‘zida bo‘lgan yaxshilikni boshqalarga ham bo‘lishini xohlashidir. Bu sifat insoniyatga xizmat qilishga bel bog‘lagan ulkan himmatli kishilarning sifatidir. Shu kabi himmat sohiblari deb bugungi kunda o‘zida bo‘lgan sog‘lik ne'mati barcha insonlarda bo‘lishini xohlab, o‘z jonini uylamasdan vaboga chalingan insonlar yonida ularni tuzalishini istab harakat qilayotgan jonkuyar Shifokorlarimizni aytish mumkin...
Alloh taolo bunday himmat sohiblarini O‘z kalomining Hashr surasi 9 oyatida shunday marhamat qiladi: “Va agar o‘zlarining hojatlari bo‘lsa ham, (ularni) o‘zlaridan ustun qo‘yarlar. Kim o‘z nafsining baxilligidan saqlansa, undoq kishilar, ha, o‘shalar yutuvchilardir”.
Alloh taoloni yaratgan farishtalarining ikki vazifaga quyilgani bor ekan biri doim bulut ustida yotar ekan, ikkinchisi samoga uchaverarkan. Dam oladigan farishta undan so‘radi:
-Nega sen u yoqdan-bu yoqqa uchganinng uchgan?
-Men Allohga: Parvardigor, yordam ber, deb boshlanadigan duolarni tashiyman.O‘zing nega doimo dam olasan?
- Men Allohga: “Tashakkur senga Parvardigor” deb boshlanadigan duolarni tashiyman-da!
Shunday ekan siz matonatli va himmat sohibi bo‘lgan shifokorlarimiz karantinga olingan axvoli og‘ir bemorlarimizga qarab, Parvardigor, yordam ber, deb boshlagan duolaringiz ham axvoli yaxshilangan bemorlarimizga qarab, “Tashakkur senga Parvardigor” deb boshlagan duolaringiz ham Allohimning xuzuriga yetgan (Hikmatlar Javoxiri kitobi).
Yana Robbingizni ushbu kalomi sizga xushxabar bo‘lsin:
"Kimki (inson)ga hayot ato etsa (ya'ni, o‘limdan qutqarsa), demak, u go‘yo barcha odamlarga hayot beribdi" (Moida surasi, 32-oyat).
Imom Shofe'iy: "Halol va harom ilmini o‘rganishdan keyin tib ilmidan ko‘ra fazilatli ilmni bilmayman" – dedilar.
Alloh taolo barcha qilyotgan xizmatlaringizni ikki dunyoda ham ajrini bersin. Butun dunyodagi bemorlarimizga Yaratgannig O‘zi shifoi komil bersin! Amiyn!
Tojiyev Hamidullo, Urgut tuman “Imomi Hasan” masjidi imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 21/04/2020 18:38; Ko‘rilganligi: 1121
Chop etilgan vaqti: 09/10/2024 01:47