O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Alloh taolo Abu Hanifani odamlarga imom qildi...

 
 

Alloh taolo Abu Hanifa rohimahullohning ijtihodlarini qabul qildi va u zotni odamlarga imom qildi. Tojuddin Subkiy rohimahulloh: “Kim ummatga to‘g‘ri manhaj bilan imom bo‘ladigan bo‘lsa, u ko‘prikdan oshib o‘tganlardandir”, deb aytganlar.

Abu Hanifa haqida (ta'na so‘zlarni) gapiradiganlarning gapining ahamiyati yo‘q. Kim u zot haqida gapiradigan bo‘lsa, uning gapi o‘ziga qaytarilgandir. Bu Zayd, Yusuf va Amr kabi uch-to‘rtta odamning tazkiyasi emas, balki bularning barchasi Alloh taolo tomonidan berilgan tazkiyadir. Alloh taolo u zotni odamlarga yaxshi ko‘rsatib qo‘ydi va u zotning mazhabiga aksar musulmonlar amal qildilar. Natijada, ko‘pchilikning ham tazkiyasiga aylandi. Endi, shunday adadning tazkiyasidan keyin bir-ikki kishilarning gapirgan gaplarining hech bir qiymati qolmaydi.

 Shayx Saloh Abulhoj hafizahulloh

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/05/2022 09:45;   Ko‘rilganligi: 358
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/alloh-taolo-abu-hanifani-odamlarga-imom-qildi
Chop etilgan vaqti: 30/04/2024 17:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing