Alloh taolo Abu Hanifani odamlarga imom qildi...
Alloh taolo Abu Hanifa rohimahullohning ijtihodlarini qabul qildi va u zotni odamlarga imom qildi. Tojuddin Subkiy rohimahulloh: “Kim ummatga to‘g‘ri manhaj bilan imom bo‘ladigan bo‘lsa, u ko‘prikdan oshib o‘tganlardandir”, deb aytganlar.
Abu Hanifa haqida (ta'na so‘zlarni) gapiradiganlarning gapining ahamiyati yo‘q. Kim u zot haqida gapiradigan bo‘lsa, uning gapi o‘ziga qaytarilgandir. Bu Zayd, Yusuf va Amr kabi uch-to‘rtta odamning tazkiyasi emas, balki bularning barchasi Alloh taolo tomonidan berilgan tazkiyadir. Alloh taolo u zotni odamlarga yaxshi ko‘rsatib qo‘ydi va u zotning mazhabiga aksar musulmonlar amal qildilar. Natijada, ko‘pchilikning ham tazkiyasiga aylandi. Endi, shunday adadning tazkiyasidan keyin bir-ikki kishilarning gapirgan gaplarining hech bir qiymati qolmaydi.
Shayx Saloh Abulhoj hafizahulloh
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 17/05/2022 09:45; Ko‘rilganligi: 351
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 04:18