O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ajoyib javob (2-qism)

 
 

Ajoyib javob! (1-qism)


Xo‘p bu masalaku tushinarli, endi bunisiga nima deb javob berasiz?

Musulmon olimi: Sizga bu safar ham shoshilmasligingizni va tezda xulosa qilmaslikni tavsiya qilaman!

Savolim quyidagicha: sizlar qanday qilib qiyomat bo‘lishga, unda Yaratuvchi barcha maxluqotlarni qaytadan tiriltirishiga ishonasizlar. Bunga nima deysiz?

Musulmon olimi: Shu yerda sizning savolingizga javob berishdan oldin, savollarning turlarini va maqsadlarini aytib ketmoqchiman.

Savolning ikki turi bor.

  1. Bilmaganini bilib olish uchun yoki o‘zini ommaga bilimdon qilib ko‘rsatish uchun
  2. Omma oldida bir kishini uyaltirish uchun yoki ishonmasligini bildirib, aytilayotgan narsani asli yo‘qligini ishora qilish uchun

Xafa bo‘lmangu sizning savolingiz ikkinchi turining ikkinchi bo‘limining asli o‘zidir.

Agar siz ilohiy va mo‘jizaviy Qur'onga ishonmasdan gapirayotgan bo‘lsangizu, sizga yana Qur'ondan hujjat keltirsam ishonmaslikda davom etasiz. Shuning uchun men sizga avvalo hayotiy bir misol keltiramanda, lekin undan so‘ng baribir men uchun asos bo‘lgan Qur'oni karimdan dalil keltiraman. Siz uni fikr qilingda, so‘ngra menga xulosangizni aytasiz!

Tasavvur qilib ko‘ring! Katta bir shirkatga borib, siz ushbu loyihani bitirib berishga qurbingiz yetadimi? deb so‘rasangiz, shirkat vakili sizga: falonchini binosini ko‘rmadingizmi, falonchini loyihasinichi, falonchini fabrikasi, zavodini yoki falon ko‘prikni ko‘rmadingizmi? Axir bularning barchasi bu shirkatning sizning loyihangizni bitirib berishga imkoni borligiga dalil emasmi? deydi. Shunday emasmi? axir bu oddiy haqiqatku!

Endi nima uchun barcha mavjudotu-maxluqotlarni va bizga ko‘rinadiganiyu-ko‘rinmaydigan narsalarni Yaratgan zotning qiyomat bo‘lishi, unda barcha maxluqotlar hisob-kitob qilinadi deyishiga ajablanasiz? Shuncha narsalarni yaratgan zot nahotki yaratganlarini qayta yaratishga qodir bo‘lmasa.

Sizga o‘xshaganlar bugun butun dunyogi adolat va yana adolat deya, kimlarnidir adolatsizlikda ayblamoqda. Go‘yoki boshqalarning ishlari adolatsizligu, o‘zlarining ishlarini barchasi adolatlidir. Anashu maqsad qilinayotgan ish ya'ni adolat sizu-bizni yaratgan Robbimizning sifati va bandalariga buyurgan amridir. Biz ham adolat nima ekanligini yaxshi bilamiz.

Endi bir o‘ylab ko‘ring-a! Nahotki bu dunyo kuchli va kuchsiz, boy va faqir, sog‘lom va bemor, faol va dangasa, go‘zal va xunuk, zolim va mazlum, daromadli va daromadsiz hamda umri uzun va umri qisqalik bilan tugab ketsa. Bu adolatsizlik emasmi?

Shuni yaxshi bilinki, Alloh taolo bunday bo‘lishini adolat deb bilmaydi. Bularning barchasini hisob-kitob kuni bor. Bu kunda kimlardir mukofotlansa va yana kimlardir jazosini oladi. Siz esa o‘sha kunni yolg‘onga chiqarmoqchimisiz yoki ishonmayapsizmi?

 Mening Robbim esa, qiyomat kuniga ishonmaydiganlar uchun shunday javob qilgan: Yo‘q! Ular tezda bilarlar! (Naba 4-oyat) Ya'ni: o‘lgach, azoblanar ekanlar qiyomatni bo‘lshini biladilar.

 Yana yo‘q! Ular tezda bilarlar! (Naba 5-oyat) Ya'ni: qayta tirilish va mahshar maydonida albatta, hisob-kitob borligini biladilar.

“Shayx Zayniddin” masjidi imom-xatibi

Abdurahmonov Yahyo Ubaydulloh o‘g‘li


Kiritilgan vaqti: 04/09/2020 07:46;   Ko‘rilganligi: 1188
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/ajoyib-javob-2-qism
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing