Долзарб мавзу

FIRQALANISH ISLOMDAN EMAS!

Islom bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatayotgan ekstremizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixning muayyan davrida ustuvor bo‘lgan ko‘plab omillar, turli jarayonlarning o‘zaro ta'sirlashuvining natijasi deb tushunish mumkin. O‘rganish, din niqobi ostida paydo bo‘lgan ekstremistik harakatlarning g‘oyaviy ildizlari islom tarixining birinchi asriga borib taqalishini ko‘rsatadi.

 

Amallar Parvardigorga yetkaziladigan oyd

Qodir Alloh o‘z bandalariga ibodat va savoblarini ko‘paytirishlari va O‘ziga yaqinlik hosil qilishlari uchun ma'lum fasllarni ato etgan. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam sha'bon oyida ibodatlarini ko‘paytirar edilar. Mo‘minlarning onasi Oisha roziyallohu anho shunday deganlar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Ramazondan boshqa oyning ro‘zasini to‘liq tutganlarini ko‘rmadim. Sha'bonda tutganchalik ko‘p ro‘za tutganlarini ham ko‘rmadim. Uning faqat ozginasining ro‘zasini tutmas edilar. Balki, hammasini tutar edilar, desak ham bo‘laveradi”. To‘rtovlari rivoyat qilgan.

 

Infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha MUROJAAT

Kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining koronavirus (COVID-19) infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha FATVOSI e'lon qilingan edi. Unda bir qancha vazifalar qatori mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgungacha juma namozlari o‘rniga uyda peshin namozi, besh vaqt namozlarni ham uyda ado etilishi aytildi.

 

FOTIHADAN KEYIN “OMIN” AYTISH MASALASI

FOTIHADAN KEYIN “OMIN” AYTISH MASALASI

Hanafiy mazhabimizga ko‘ra namozda, “Fotiha” surasidan keyin, “omin”ni maxfiy (ovoz chiqarmasdan) aytiladi. Bunga ulamolar quyidagi dalillarni keltiradilar:

  1. “Omin” lafzi duo bo‘lib, “ijobat qil”, “duoni qabul qil”,degan ma'nolarni anglatadi. Alloh taolo Qur'oni karimda duoni maxfiy qilishga buyurgan:

 

ادْعُوا رَبَّكُمْ تَضَرُّعًا وَخُفْيَةً إِنَّهُ لَا يُحِبُّ الْمُعْتَدِينَ

ya'ni: “Rabbingizga zorlanib va xufyona (ovozsiz) duo qilingiz! Zero, U (duoda va boshqada) haddan oshuvchilarni yoqtirmagay” (A'rof surasi, 55-oyat).

Demak, “omin”ni ichimizda aytsak, oyatga amal qilgan bo‘lamiz.

 

"YOSHLARNI YOT G‘OYALAR TA'SIRIDAN SAQLAYLIK!"

Yigirma birinchi asrda mafkuraviy kurashlarning aqlbovar qilmaydigan turlari paydo bo‘lmoqda. Xususan, hech bir xalqni milliy, ma'naviy ananalariga asoslanmagan-faqat insoniy axloqqa ters hayot tarziga chaqiruvchi “ommaviy madaniyat”ning tashvishli tomonlari juda ko‘p. Ayrim g‘oyaviy tuzoqlar ko‘rinishidan asr yangiligi yoki “madaniyat”iga o‘xshasada ular kishilarga, ayniqsa, yoshlarga moydek yoqishi bilan yanada xatarlidir. Garchi, “ommaviy madaniyat” biror bir millatning ma'naviyatiga asoslanmaganligi, balki har bir millatning madaniyat va ma'naviyatiga tahdid bo‘lganligi uchun ham ayni madaniyatsizlikdir. Bugungi kunda uning ta'siri kuchayib, hech bir xalqning milliy va ma'naviy an'anasi, odatlariga to‘g‘ri kelmaydigan turli “urf-odatlar”  ko‘paymoqda. Achinarlisi, ayrim yoshlar uning ta'siriga tushib qolishmoqda.

 

Ekstremizm va terrorizm- jamiyat dushmani

Butun olamlar Robbisi Alloh taolo haq bo‘lgan dini-islom dinini O‘zining haq, butun olamlarga rahmat  payg‘ambari Muhammad sollollohu alayhi vasallamga yubordi. Bu din butun dunyoga tez fursatlar ichida tarqala boshladi, insonlar sekin-sekin, ammo to‘p-to‘p, jamoa holida bu dinga kira boshladilar. Alloh taolo O‘zining muqaddas kitobi Qur'oni karimda bu haqda shunday deydi:

وَرَأَيْتَ النَّاسَ يَدْخُلُونَ فِي دِينِ اللَّهِ أَفْوَاجًا

“Va, siz insonlarni to‘p-to‘p bo‘lgan hollarida Allohning diniga kirayotganini ko‘rasiz”(Nasr surasi, 2-oyat).

 

Ko‘rinmas dushman

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM

Kuch va Qudrat egasi bo‘lgan Alloh taologa hamdu-sanolar hamda olamlarga rahmat o‘laroq yuborilgan, to‘g‘ri so‘z va ishonchli bo‘lgan Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga, u zotning ahli oilasi, sahobalari va tobi'inlariga ko‘plab solatu salomlarimiz bo‘lsin.

 

Buzg‘unchi oqimlarning alomatlari

Buzg‘unchilik xarakteridagi ko‘plab oqimlar (sekta) hech bir davlatga ham millatga ham hech qachon foyda yetkazmagan. Aksincha, hamma vaqt moddiy, ruhiy yoki jismoniy zarar yetkazib kelgan. Diniy oqim a'zolarini sekta deb atashlari ularning o‘zlariga ham sira yoqmaydi. Chunki “sektantlik” deganda islom, nasroniy, yahudiy kabi ilohiy dinlarga itoat qila turib, o‘sha dinlardagi to‘g‘ri yo‘ldagilardan ajralib chiqqan oqimlar tushunilishini hamma bilishini ularning o‘zlari ham biladi.  

 

Shahidlik niqobidagi xunrezlik

Islom dini asoslari bo‘lmish Qur'oni karim oyatlari va Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida inson hayotiga tajovuz etish, o‘zini o‘zi o‘ldirish qat'iyan man etiladi. Hayot Alloh taolo tomonidan insonga topshirilgan imkoniyat va mas'uliyatdir.

 

Isrof-eng og‘ir gunoh

Alloh taolo insonlarni turli millat va elat shaklida yaratdi. Ularni Yer yuzini makon tutib, undagi ne'matlardan istifoda qilgan holda hayot kechirishga buyurdi. Yana bandalariga behisob ne'matlarni ato etib qo‘ydiki bularni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing