Долзарб мавзу

MO‘MIN KISHINING AXLOQI

Alloh taolo mo‘min bandalarining sifatlarini o‘z kalomida “Mo‘minun surasida” zikr qilib, bir necha sifatlar bilan sifatlagan. Bandalarini shu sifatlar bilan bardavom bo‘lishida ularni maqtagan. Kim Alloh taolo maqtagan mo‘min bandalar orasida o‘zini ko‘rishni xohlasa manashu sifatlar bilan bir qatorda Payg‘ambar alyhissolomni tavsiyalariga amal qilish lozim buladi. Janobimiz aytadilar: “Mo‘min mo‘minning oynasi” xozirda bunga kanday amal qilinyapti, xato va nuqsonlarni birodarimizning o‘ziga aytishning o‘rniga uni obro‘sini to‘kish uchun kimlargadir jar solib, boz ustiga ijtimoi tarmoqlarga yozib, mo‘minga xos bo‘lmagan ishlar qilinyapti.

 

Iydul Fitr – Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Aziz yurtdoshlar, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va o‘z nomimdan Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Haq taboraka va taolodan qutlug‘ oyda tutgan ro‘zalarimiz qabul, ibodatlarimiz maqbul va duolarimiz mustajob bo‘lishini so‘raymiz.

Mana shunday fayzli kunlarga yetkazgani uchun Alloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz. Fazilatli kunlarda Qodir Allohdan xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka va turli balo-ofatlardan O‘zi himoya qilishini tilab duolar qilamiz.

 

SILAI RAHMNING SAVOBI

Alloh taolo biz bandalariga shu qadar mehribonki, O‘zining roziligini yaxshi amallar ichiga berkitgan. Bandalar Robbisining roziligini shaxsiy va ijtimoiy ibodatlarni xolis ado etib, ularni birgalikda olib borishi bilan hosil qiladi. Mo‘min kishi namoz o‘qib, kishilar o‘rtasida chiroyli muomila qilmas ekan, ibodatlari bilan robbisini rozi qilolmaydi. Yoki buning aksi ham xuddi shuningdek. Kishilar o‘rtasidagi chiroyli muomilalardan biri - Silayi rahmdir.

 

Sinovli kunlarda sabr qilaylik!

Bismillahir-Rohmanir-Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar, Payg‘ambarimiz (s.a.v)ga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin. barchangizga ma'lum bir qancha vaqtdan beri butun dunyoni tashvishga solib turgan “KORONAVIRUS” deb nomlanmish bu balo O‘zbekistonda ham o‘zining tashvishlari, xatarlarini ko‘rsatmoqda. Xalqimiz bu sinovga ham sabr va matonat ko‘rsatib, bardosh berib kelmoqda. Zero, bunday sinovli kunlarda hammamiz ittifoq bo‘lib, bir-birimizga yelkadosh bo‘lishimiz ayni insoniylik tuyg‘ularidandir.

 

BUYUK BOBOLARIMIZ IBRATI

O‘tmishdan ma'lumki, bizning yurtimizdan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobir Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Burhoniddin Marg‘oniniy, Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriyu necha necha Xorazmiyu, Termiziyu va Samarqandiylardek –muhaddislar, mufassirlar, faqihlar, mutasavviflar o‘tishgan.  

 

YOSHLAR KELAJAGIMIZ

Sog‘lom hamda barkamol avlodni voyaga yetkazish yurtimizda olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!” degan ezgu g‘oya asosida yuksak zamonaviy talablarga javob bera oladigan, yangicha fikrlaydigan, mamlakatimiz kelajagi taqdirini ishonib topshirish mumkin bo‘lgan yosh mutaxassislar  tayyorlanmoqda Vatanimizda.

 

ISLOMDA SABR AXLOQIY FAZILATDIR!

Alloh taologa bitmas tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga mukammal salovotu – durudlar bo‘lsin! U zotning ahli baytlari va sahobalariga Alloh taoloning roziligi bo‘lsin!

Islomda sabr axloqiy fazilatlardan bo‘lib, musulmon kishining ruhiy tayanchlaridan biridir. U musulmonlar qalbiga sukunat va xotirjamlik solib, qiynoq berayotgan dardiga malham bo‘ladi. Sabrli kishi qiyinchilikarni sabot bilan qarshi oladi. Uni chuqurroq o‘ylab ko‘rilsa, albatta har bir qiyinchilik ortida ajoyib hikmatlar yotadi.

 

Karantin talablarini yumshatish davom ettiriladi!

Alloh taoloning inoyati bilan ko‘zga ko‘rinmas dushman asta sekin ortga chekinib, kundan kunga bu kasallikdan sog‘ayayotganlar soni ortib bormoqda. Tojdor virus nomini olgan ushbu kasallik butun insoniyat boshiga kelgan bir sinov bo‘ldi. Uni bartaraf qilish, aholini ushbu kasallikdan himoya qilish bo‘yicha mamlakatmizda ham hukumatimiz tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Sabr-matonat, o‘zaro himmat va qo‘llab quvvatlash kabi oliyjanob fazilatni namoyon etgan xalqimiz ham hukumat vakillari va mutaxassislarning talablariga itoat etib, ushbu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishda boshqa ellarga namuna bo‘lmoqda desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Diniy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida o‘zgarishlar kutilmoqda

Ma'lumki mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida karantin tartiblari joriy etilgan. Shunga ko‘ra ta'lim muassasalarida karantin ta'tili e'lon qilingan bo‘lib, o‘quv-mashg‘ulotlari masofaviy ta'lim shaklida olib borilmoqda.

 

RAMAZONNING SAVOBI CHEKSIZ...

Har bir mo‘min kishi muborak Ramazon oyi kelishini intiqlik bilan kutadi. Qur'oni karimning mazkur oyda nozil qilina boshlanishi bu oyning naqadar ulug‘ligidan dalolat beradi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: Ramazon oyi – unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq-oydin hujjatlar bo‘lib, Qur'on nozil qilingan.  (Baqara surasi, 185 oyat).

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing