O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

MO‘MIN KISHINING AXLOQI

 
 

Alloh taolo mo‘min bandalarining sifatlarini o‘z kalomida “Mo‘minun surasida” zikr qilib, bir necha sifatlar bilan sifatlagan. Bandalarini shu sifatlar bilan bardavom bo‘lishida ularni maqtagan. Kim Alloh taolo maqtagan mo‘min bandalar orasida o‘zini ko‘rishni xohlasa manashu sifatlar bilan bir qatorda Payg‘ambar alyhissolomni tavsiyalariga amal qilish lozim buladi. Janobimiz aytadilar: “Mo‘min mo‘minning oynasi” xozirda bunga kanday amal qilinyapti, xato va nuqsonlarni birodarimizning o‘ziga aytishning o‘rniga uni obro‘sini to‘kish uchun kimlargadir jar solib, boz ustiga ijtimoi tarmoqlarga yozib, mo‘minga xos bo‘lmagan ishlar qilinyapti.

Yana boshqa bir  hadislarida marhamat qiladilar:

قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: " إنّ الرجلَ ليُدرِكَ بحَسَنِ خلقِهِ درجةً الصائمِ من النهار و درجة

القائم من الليالى" رواه المسلم

"Kishi yaxshi xulqi bilan kunduzi ro‘za tutib, kechasini namoz o‘qib o‘tkazadiganlar darajasiga yetadi" – deb marhamat qilganlar.

Go‘zal xulq o‘z sohibini martabasini mana shundoq yuqoriga ko‘taradi.

 Bunga qanday erishiladi deyilsa, albatta o‘zlariga janobi payg‘ambar alayhissalomning go‘zal axloqlarini o‘rnak qilib oladilar. Bu go‘zal axloqda mo‘minlar uchun payg‘ambar alayhissalomdan ummatiga namunalar bor. Payg‘ambar alyhissolam aytadilarki;

قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: " و إنّما بُعِثْتُ لِأُتَمِّمَ مَكارِمَ الاخلاقِ"

Ya'ni “Men yaxshi xulqlarni batamom to‘liq qilish uchun yuborilganman” deb marhamat qilganlar.

Rasululloh s.a.v. halimliklari eng oliy darajasiga yetgan edi.

Bir kuni Rasululloh s.a.v. Zayd  ibn Sa'nah degan madinalik yahudiyga xurmo bermoqchi bo‘lib undan pul oldilar. Bir necha kunga muhlat bergan edi. Va'dasi to‘lmay turib yahudiy xurmo so‘rab keldi. Rasululloh s.a.v.ning yoqalaridan ushlab:

-Ey Muhammad, haqqimni shu choqqacha nega bermaysan? Hoshimiylarning muomalasi yaxshi emas deb eshitgan edim, to‘g‘ri ekan, - dedi:

Hazrati Abu Bakr Siddiq boshliq barcha ulug‘ sahobalar shu yerda edilar. Hazrati Umarning g‘azablari kelib:

-Ey Xudoning dushmani, sizlar bilan o‘rtamizdagi ahdnomaning buzilishidan qo‘rqmasam edi, boshingni hozir kesib tashlar edim, - deb qilichiga qo‘l urdi. Shunda Rasululloh s.a.v. kulimsirab: - Ey Umar, bu ikkovimiz oramizdagi gapga bundan yaxshiroq so‘z bor edi. Meni yaxshi muomala qilib, narsani berishga va uni esa yaxshi gapirib, narsani olishga buyurgin. Va'damizga 3-4 kun bor edi. Endi, ey Umar, buning haqqini sen berib qo‘y. Uni qo‘rqitganning uchun 20 so' oshiqcha xurmo qo‘shib ber – deb buyurdilar.

Bu so‘zni eshitgach, yahudiy hayron bo‘lib: “ Ey Muhammad, Tavrot, Injilda oxirzamon Payg‘ambari sifatlarini o‘qigandim, ularning hammasi sizda to‘g‘ri keldi. Sinalmagan yolg‘iz shu ish qolgan edi. Kitobda deyilgan edi: “O‘zi uchun g‘azabi kelmaydi” – deb. Endi buni ham sinab ko‘rdim. Sizning oxir zamon Payg‘ambari ekanligingizga hech qanday shubha qolmadi, - deb shu vaqtning o‘zida darhol iymon keltirdi.

Xo‘janazar Huvaydo aytadilar.

Yaxshini oyog‘ini ostida o‘lsang or emas,

To‘tiyou tojisar qilsin yomon darkor emas.

O‘lguncha yaxshi bilan o‘ltirginu bo‘l hamnafas,

Yaxshidan, ey do‘stlar, hargiz ko‘ngil ozor emas.

Yaxshi bo‘lmaydir, yomon har chand nasihat aylasang,

Yaxshiga pandu nasihat aylamak darkor emas.

Amirillayev Isroil - Raxtachi tuman bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 27/05/2020 09:46;   Ko‘rilganligi: 1345
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/momin-kishining-axloqi
Chop etilgan vaqti: 15/09/2024 09:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing