Siddiqa, Ummul muminiyn, ummu Abdillah Oisha raziyallohu anho
Siddiqa, Ummul muminiyn, ummu Abdillah Oisha raziyallohu anho
Oisha Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning qizidir.
Ummu Abdulloh deb kunyalari bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni singlisi (Asmo)ning o‘g‘li Abdulloh ibn Zubayr orqali kunya qo‘yganlar. Ba'zilar uning o‘zlaridan bir bola tushgani uchun kunya qo‘yilgan deyishgan, lekin bu to‘g‘ri emas.
«Oisha» ismi ٱلْعَيْش- «hayot» ma'nosini ifodalovchi «aysh» so‘zidan olingan. Uning «Iysha» shakli ham bor bo‘lib, bu ham fasohatli tilda qo‘llanadi.
Oishaniing onasi — Umm Rumon (ismdagi «ro» harfi fatha ham, zamma ham qilib o‘qiladi), ismlari Zaynab bint Omindir. U ham Oishaniing akasi Abdurrahmonning onasidir.
Umm Rumon Voqi'diy va Zubayr rivoyatiga ko‘ra hijriy oltinchi yilda vafot etgan. Bu rivoyat to‘g‘riroq hisoblanadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam U zotni Makkadan hijrat qilishdan ikki yil oldin nikohlariga olganlar.
Ba'zilar «uch yil oldin» degan, ba'zilar esa «bir yarim yil yoki shu atrofida» deganlar. Bu nikoh Shavvol oyida bo‘lgan. U paytda Oysha olti yoshda edi, boshqa rivoyatga ko‘ra yetti yoshda.
Izoh:(Ming besh yuz yil oldingi holat bilan bugingi holatni tenglashtirish mumkin emas. O‘sha paytda yosh qizlarga uylanish hamma xalqlarda bo‘lgan. Issiq o‘lkalarda qizlar erta balog‘atga yetganlar. O‘sha davrda qizlar to‘qqiz yoshda voyaga yetgan.)
Badr g‘azotidan keyin, hijratning ikkinchi yili Shavvol oyida (to‘qqiz yoshlarida) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam U zot bilan er-xotin munosibati boshladilar.
U zot sollallohu alayhi vasallam hamrohligida sakkiz yil va besh oy bo‘ldilar U zot sollallohu alayhi vasallam vafot etganida Oisha r.a. o‘n sakkiz yoshda edilar va oltmish besh yil umr ko‘rdilar.
U sahobalarning eng yirik faqihlaridan edi va hadisni eng ko‘p rivoyat qilgan olti sahobadan biri ikki ming ikki yuz o‘nta hadis rivoyat qilingan.
Imom Buxoriy va Imom Muslim U zotdan 174 ta hadisda ittifoq qilishgan Buxoriy o‘zi 54 ta hadis rivoyat qilgan, Muslim esa 58 ta hadis rivoyat qilgan.
Oisha r. a dan ko‘p sahobalar hadis rivoyat qilgan U zotdan ikki yuzga yaqin sahoba va tobeinlar rivoyat qilgan.
U zot hijriy ellikginchi sanadan keyin vafot etdilar, ellik beshinchi yoki oltinchi yoki yettinchi yoki sakkizinchi yili Ramazon oyida yana bir qiylda: Shavvol oyida.
U zot vitr namozidan keyin kechasi Baqi' qabristonida dafn etildi va
U zotning janozasini Abu Hurayra roziyallohu anhu o‘qidilar.
Sahobalar orasidan ismi “Oisha” bo‘lganlari o‘nta edi: mana shu 1.Oisha ummul muminin, 2.Sa'dning qizi, 3.Huzzning qizi, 4.Qurayshlik Horisning qizi,
5.Abu Sufyon Ashhaliyning qizi, 6.Abdurrahmon ibn Utaykning qizi — Ibn Rifoaning xotini,
7.Ansoriy Umayrning qizi, 8.Muoviya ibn Mug‘iyraning qizi — Abdulmalik ibn Marvonning onasi, 9.Qudoma ibn Maz'unning qizi. Shuningdek 10.Oisha-deb aytiladigan yana bir kishi bor, lekin u taxmin bo‘lib, aslida u Ajradning qizi edi.
Agar sen: «Nima uchun ular Oisha va boshqa payg‘ambar alayhissalomning zavjalari haqida “Mo‘minlarning onalari” deydilar?» desang, javob shunday: Ularni Alloh taoloning وَأَزْوَاجُهُ أُمَّهَاتُهُمْ) [ٱلْأَحْزَاب: ٦]«(Payg‘ambarning) zavjalari — ularning onalaridir» (Ahzob: 6) degan oyatidan olganlar.
Mujohid «va u payg‘ambar ular uchun otadir» deb ham qiroat qilgan, va bu Ubay ibn Ka'bning qiroati deyilgan. Ular ona hisoblanadilar — ularni hurmat qilish va ehson qilish, ularga nikohlanish haromligi jihatidan. Lekin ularga xilvatda qolish va safar qilish halolligida emas. Shunday ekan, ularning qizlari bilan nikohlanish ham harom emas, va ularga mahramday qarash haqida ham ixtilof bor, to‘g‘rirog‘i — bu ham harom. Shu fikrni Rofe'iy qat'iy aytgan, muqobil fikrni esa Mavardiy rivoyat qilgan.
Ularning aka-ukalariga «musulmonlarning tog‘alari», opa-singillariga «mo‘minlarning xolalari», qizlariga esa «mo‘minlarning opa-singillari» deyish haqida ulamolar orasida ixtilof bor. To‘g‘riroq fikr — bunday deyish mumkin emas, chunki nassda bunday kelmagan. Muqobil fikr esa: «Onalik» maqomi sababli bu ham lozim bo‘ladi, deyiladi, lekin bu ta'vil qilingan.
Odatda ularning otalari va onalari haqida «mo‘minlarning bobolari va buvilari» deyilmaydi. Rasulullohning zavjalari haqida «Mo‘mina ayollarning onalari» deyish mumkinmi? Bu haqda ham ixtilof bor. To‘g‘rirog‘i — deyilmaydi.
Chunki ular erkaklarga qaratilgan xitobga kirmaydilar. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan: أَنَا أُمُّ رِجَالِكُمْ لَا أُمُّ ٱلنِّسَاءِ «Men sizning erkaklaringizning onasi bo‘laman, ayollaringizning onasi emas», deganlar.
Payg‘ambar alayhissalom haqida «Mo‘minlarning otasi» deyish mumkinmi? Bu haqda ikki fikr bor. To‘g‘rirog‘i — mumkin. Shofe'iy ham shu fikrni aytgan. Bu «hurmat jihatidan» degan ma'noda. Allohning:
مَا كَانَ مُحَمَّدٌ أَبَا أَحَدٍ مِنْ رِجَالِكُمْ) [ٱلْأَحْزَاب: ٤٠]
«Muhammad sizlarning erkaklaringizdan hech birining otasi emas» (Ahzob: 40) degan oyati esa uning sulbidan bo‘lgan farzand haqida.
Ustoz Abu Is'hoq: «Unga nisbatan “otamiz” deyilmaydi, balki “u otamizdek” deyiladi», degan. Chunki Payg‘ambar alayhissalom:
«إِنَّمَا أَنَا لَكُمْ كَٱلْوَالِدِ»
«Albatta, men sizlar uchun ota kabiman», deganlari rivoyat qilingan.
Abdulloh Homid tayorladi
Kiritilgan vaqti: 22/09/2025 08:19; Ko‘rilganligi: 3
Chop etilgan vaqti: 22/09/2025 11:44