O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Viloyat imom xatiblari faoliyatidan

 
 

“Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan ma'rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda diniy-ma'rifiy soha vakillarining o‘rni belgilab berilgan edi.

Unda “Jaholatga qarshi ma'rifat” ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish, islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o‘rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish, dinni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadigan buzg‘unchi yot g‘oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining, ayniqsa, yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish kabi ustovor vazifalar belgilab berilgan.

Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan rasmiy imom xatiblar ham o‘z faoliyatlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, muqaddas dinimizning asl insoparvarlik mohiyati, tinchlik, insoniylik kabi fazilatlarni yetkazish, ularni odobli, aql-farosatli va bilimdon qilib tarbiyalashda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda. Yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlar tarbiyasida jamoatchilikning o‘rni, ular orasida jinoyatchilikni olidini olish borasida o‘quvchi yoshlar bilan yaqindan muloqotda bo‘lmoqda.

Jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish, jamiyatda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda viloyat imom-xatiblarining daxldorlik hissi va ishtiroki ortib bormoqda. Bu kabi xayrli ishlar kelgusida ham davomli bo‘lib, diniy xodimlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni oshib boraveradi degan umiddamiz.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 27/04/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1539
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/viloyat-imom-xatiblari-faoliyatidan
Chop etilgan vaqti: 12/12/2024 09:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing