OTINOYILARNING O‘QUV-SEMINARI DAVOM ETMOQDA
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tadbirlar rejasiga muvofiq Samarqand viloyatida sertifikat asosida faoliyat olib borayotgan otinoyilarning bilim saviyasini oshirish, dunyo qarashini kengaytirish hamda jamoat ishlaridagi faolligini yanada oshirishga qaratilgan qisqa muddatli, 6 kunlik hududiy o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlangan edi. Bugun o‘quv-seminarning ikkinch kuni ham samarali bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘quv-seminarlarda O‘MI Samarqand viloyati vakilligi rahbarlari, SamDU va SamISI oliygohlarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilari, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining ilmiy xodimlari va Imom Buxoriy xalqaro markazi vakillari hamda boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari o‘zlarining sermazmun ma’ruzalari bilan tinglovchilarga zaruriy bilim va ko‘nikmalarni yetkazmoqdalar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 07/06/2019 00:00; Ko‘rilganligi: 1435
Chop etilgan vaqti: 15/12/2024 04:20