Otinoyilar oldidadagi vazifalar o‘ta dolzarb (O‘quv-seminar tafsiloti)
2018 yil 20 oktyabr kuni Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun o‘quv seminar tashkil etildi.
“Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirishda otinoyilarning o‘rni va rolini oshirish” mavzusi ostida bo‘lib o‘tgan seminarda bugungi kunda xotin-qizlar o‘rasidagi mavjud holat, muammolar haqida so‘z yuritildi. Maxsus hisobdan chiqarilgan ayollar, jazoni ijro etish muassasalarida muddat o‘tayotgan fuqarolarning oila-a’zolarining ijtimoiylashuviga ko‘maklashish, mahallalarda ayol-qizlar o‘rtasidagi ijtimoiy muammolar, yoshlar ongiga salbiy ta’sir qilayotgan illatlar va ularning yechimiga doir ko‘rsatma va yo‘nalishlar berildi. Bit’at-xurofotlarga qarshi kurashish bo‘yicha fikr-mulohazalar yuritildi.
Otinoyilarning jamiyatda ijtimoiy hayotni barqarorlashtirishdagi o‘rni beqiyosligi jihatidan ularni yanada jonbozlik ko‘rsatishga, bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib borish, hamisha xizmatga kamarbasta bo‘lishga chaqirildi.
Samarqand shahridagi “Konsert zalida” bo‘lib o‘tgan seminarda 600dan ziyod otinoyi ishtirok etdi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 20/10/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1931
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 12:57