O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Oilalarni mustahkamlash - jamiyat tarqqiyotining asosidir

 
 

Samarqand shahrining Yoshlar saroyida viloyat xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Oilalarni mustahkamlash – jamiyat tarqqiyotining asosidir” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad, oila institutini yanada mustahkamlash va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarni ta'minlash, ayollarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish va ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etishni ta'minlashga qaratilgan.

Konferensiyada davlat, jamoat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot boshqarmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Yoshlar ittifoqi” viloyat boshqarmasi rahbarlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyat vakili, vakillik tizimidagi shahar va tuman bosh imom xatiblari, imom xatiblar hamda otinoyilardan vakillar ishtirok etdi. Konferensiyada Samarqand viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov “Ayol kishi va teng huquqlilik” mavzusida ma'ruza qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/02/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1273
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/oilalarni-mustahkamlash---jamiyat-tarqqiyotining-asosidir
Chop etilgan vaqti: 24/04/2024 11:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing