O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Oila - muqaddas dargoh

 
 

Bosh qomusimizning 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi” deb ta'kidlangan. Mazkur konstitusiyaviy qoidalar ertamiz egalarini oilaga tayyorlashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi. Eng muhimi, nafaqat ota-onalar, balki qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘, jamoatchilik va barchamizdan jiddiy mas'uliyat talab etadi.

Bulung‘ur tuman Qo‘ng‘irot mahallasidagi 53-maktabning 11-sinf o‘quvchilariga “Oqtepa” jome masjidi imom xatibi Mansur Rustamov “Oila - muqaddas dargoh” mavzusida tushunchalar berib shunday dedi:

“Mustahkam va saodatli oilada er-xotin o‘zaro totuv yashashi bir birining yaxshi va yomon jihatlarini ko‘tarishi, ayb va kamchiliklarini kechirishi, tinch va totuv yashashi lozim. Islom dini o‘z ayollariga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lgan erkaklarni insonlarning eng yaxshilari qatoriga qo‘shadi. Bu haqda Rasululloh (s.a.v) shunda deb marhamat qiladilarki:

  “Sizlarning ichingizdagi yaxshi erkak o‘z ahli ayoliga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lganidir. Men esa o‘z ahlimga sizlardan ko‘ra yaxshiroq munosabatdaman”.

Darhaqiqat, oilani mustahkamlash omillari, undagi kelin-kuyov va kattalarning mas'uliyati, qonuniy nikohning ahamiyati, reproduktiv salomatlikning afzalliklarini, erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning ayanchli oqibatlarini tushuntirishga hamda shu orqali ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga jiddiy e'tibor qaratish har doimgidan ham bugun ko‘proq e'tibor qaratiladigan masalaga aylangan.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 01/11/2019 14:52;   Ko‘rilganligi: 1602
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/oila-muqaddas-dargoh
Chop etilgan vaqti: 09/10/2024 02:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing