O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Ma'rifiy Islom - aqidaparastlikni qoralaydi

 
 

Samarqand shahar "Xo‘ja Nisbatdor" jome masjidi imom xatibi Boboxonov Boboxon Samarqand davlat universitetining Geografiya va Fizika fakultetlari talabalari bilan “Ma'rifiy Islom - aqidaparastlikni qoralaydi”,  “Manaviyatimizga tahdid - kelajagimizga tahdid” mavzularida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etdi.

B.Boboxonov talaba yoshlarga “Islom dini bilan chambarchas bog‘lanib ketgan bizning ma'naviyatimiz va millliy qadriyatlarimiz azal-azaldan insonni komillikka yetaklaydigan beqiyos ne'mat bo‘lib kelgan. Hozirgi kunda ham ma'naviyat – najotkor kuch, ma'naviyat – ilohiy yog‘du desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, hayotga katta orzu – umidlar bilan qadam qo‘yayotgan, unga faqat pok va beg‘ubor nigoh bilan qarab, oldinga intilayotgan yoshlarga nisbatan olganda, bu haqiqat yanada teranroq nomoyon bo‘ladi. Afsuslar bo‘lsinki, ba'zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik yoki g‘arazli maqsadda ularni teng qo‘yish kabi holatlar ham ko‘zga tashlanmoqda”, deya ularni islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, bosh-ko‘zini aylantirgan holda, ulardan o‘zining nopok maqsadlari yo‘lida foydalanib kelayotganlarini ta'kidladi va “xalqimizni, xossatan mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan siz yoshlarimizni asrash har birimizning fuqarolik burchimizdir”, dedi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/10/2019 16:44;   Ko‘rilganligi: 1842
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/marifiy-islom-aqidaparastlikni-qoralaydi
Chop etilgan vaqti: 09/10/2024 01:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing