O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Mahmud az-Zamaxshariy va uning al-Kashshof asari mavzusida seminar

 
 

Prezidentimiz rahnamoligida Imom Buxoriy majmuasida qisqa vaqt davomida xalqaro ilmiy markaz va buyuk ajdodlarimiz asos solgan hadis ilmi oliy maktabi tashkil etilgan edi. Yurtboshimiz Samarqand viloyatidagi tashriflari chog‘ida bir qator tashabbus va takliflarini bildirib, xususan, hadis ilmi maktabi talabalarining respublikamizdagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarga sayohatini amalga oshirishlari, ilm-fan sirlarini puxta o‘zlashtirishlariga yordam bo‘lishi uchun yanada ko‘proq shart-sharoit yaratish zarurligini ta'kidlagan edilar.

Mazkur maktabga eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy avtobus ajratilib, bugun, 27 mart kuni avtobus Hadis ilmi maktabi jamoasiga topshirildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, viloyat hokimligi va jamoatchiligi vakillari, viloyatlar bosh imom xatiblari hamda Hadis ilmi oliy maktabi jamoasi qatnashdi. Avtobusning tantanali topshirish marosimidan keyin tadbir qatnashchilari Hadis ilmi maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so‘ng Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining konferetsiya zalida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, taniqli ulamolar, bosh imom-xatiblar, madrasalar mudirlari va tajribali imom-xatiblar ishtirokida “Mahmud az-Zamaxshariy va uning al-Kashshof asari” mavzusidagi diniy xodimlarning ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir Qur'oni karim oyatlari tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, O‘MI bo‘lim mudiri M.Homidov, Surxondaryo viloyatidagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Ubaydulla Uvatov, Toshkent islom instituti o‘qituvchisi Abdulqodir Pardayevlar Imom az-Zamaxshariyning ma'naviy-ilmiy merosi haqida ma'ruzalar o‘qishdi.

Seminar o‘z ishini yakunlagandan so‘ng seminar qatnashchilari dastlab, Payariq tumanidagi namunaviy shaklda obodonlashtirilgan “Choshtepa” qabristonini ziyorat qildilar. Undan keyin Jomboy tumanida joylashgan “JV MAN Auto-Uzbekistan” yuk avtomashinalarini ishlab chiquvchi zavod faoliyati bilan yaqindan tanishganlaridan so‘ng diniy soha vakillarining Samarqand viloyatida bo‘lib navbatdagi yig‘ilishi o‘z yakuniga yetdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 27/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1727
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/mahmud-az-zamaxshariy-va-uning-al-kashshof-asari-mavzusida-seminar
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 21:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing