O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Imom xatiblarning mas'uliyatli vazifalari

 
 

Muqaddas dinimiz kishilik jamiyatda barcha sharoit va har qanday holatda ham insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi, tasalli beruvchi, kishilarni o‘z e'tiqodi doirasida birlashtir turuvchi vazifasini bajarishi bizga ma'lum. Ayni mana shunday eng nozik va muqaddas tuyg‘ular nomi ostida insoniyatni o‘z yo‘lidan chalg‘itish, buzuq va asossiz  aqidalarini insonlar ongiga “joylashtirish” bu eng katta xavf-xatardir. Aqidaparast oqimlarning da'vo qilayotgan “haqiqiy islom arkonlari” hech qanday ilmiy va shar'iy asos va dalillarga ega emasligi, balki islom dini ta'limotiga butunlay zid ekanligini bugun dunyo ulamolari isbotlab bo‘ldi. Xalq peshvosi, ma'rifat tarqatuvchi sanalgan imom-xatiblarimizdan o‘zlashtirgan bilimlarini keng jamoatchilikka batafsil yetkazish, aholini, ayniqsa yoshlarni bu kabi fitna-fasod, buzg‘unchilik mafkurasiga yo‘g‘rilgan ta'limotlardan salomat saqlay olishdek ulkan mas'uliyat talab etiladi.

Shulardan kelib chiqqan holda Bulung‘ur tuman bosh imom-xatibi To‘lqin domla Ravshanov va tumandagi barcha imom-xatiblar joylarda aholi bilan hamda ta'lim muassasalarda bo‘lib o‘quvchi yoshlar bilan dunyoda sodir bo‘layotgan notinchliklar, Islom dini nomidan harakat qilayotgan vayronkor kuchlar tomonidan olg‘a surilayotgan g‘oyalarning asl mohiyati, Yurtimizda amalga oshirilayotgan har bir sohadagi islohotlar, o‘zgarishlarning barchasi-inson manfaatlari, kishilarning farovon turmush tarzi yo‘lida amalga oshirilayotganligini, odamlar qalbida bugungi tinch va osuda damlarimizga shukronalik hissini tevarak-atrofdagi vayronagarchiliklar, din nomidan sodir etilayotgan vahshiyona hatti-harakatlar misolida tushuntirib bermoqdalar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 18/10/2019 17:06;   Ko‘rilganligi: 1383
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/imom-xatiblarning-masuliyatli-vazifalari
Chop etilgan vaqti: 09/10/2024 02:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing