HOJILAR OLDIDA TURGAN VAZIFALAR
2018 yildan buyon Haj ibodatini ado etib qaytgan hojilar xizmatidan keng miqyosda foydalangan holda mahallada ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash, yo‘ldan adashganlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berish va mahalla yig‘inida o‘tkaziladigan xayriya tadbirlarida ishtirok etishi kabi ularning oldiga yangi talablar qo‘yib kelinmoqda.
2019 yil Samarqand viloyatidan 450 nafar fuqarolar muborak “Haj” safariga boradilar. Ana shu “Haj” ziyoratini amalga oshirish istagida bo‘lganlar bilan uchrashib, yoshlar tarbiyasi hamda tinchlik, osoyishtalikni ta'minlashda Hojilar oldida turgan vazifalar yuzasidan ularga tushuntirish ishlari olib borish uchun Viloyat vakilligi, “Nuroniy” jamg‘armasi va oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilaridan iborat Viloyat ishchi guruhi tuzilgan. Bugun ishchi guruh Tayloq, Nurobod tumanlarida bo‘lib, bo‘lajak hojilarga zaruriy tavsiyalar berdi. Yig‘ilishda hududdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va masjid imom xatiblari hamda otinoyilar ishtirok etdi. Bu kabi uchrashuvlar barcha tumanlarda tashkil etiladi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 11/07/2019 17:19; Ko‘rilganligi: 1279
Chop etilgan vaqti: 11/09/2024 17:24