O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

HOJILAR OLDIDA TURGAN VAZIFALAR

 
 

2018 yildan buyon Haj ibodatini ado etib qaytgan hojilar xizmatidan keng miqyosda foydalangan holda  mahallada ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash, yo‘ldan adashganlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berish va  mahalla yig‘inida o‘tkaziladigan xayriya tadbirlarida ishtirok etishi kabi ularning oldiga yangi talablar qo‘yib kelinmoqda.

2019 yil Samarqand viloyatidan 450 nafar fuqarolar muborak “Haj” safariga boradilar. Ana shu “Haj” ziyoratini amalga oshirish istagida bo‘lganlar bilan uchrashib, yoshlar tarbiyasi hamda tinchlik, osoyishtalikni ta'minlashda Hojilar oldida turgan vazifalar yuzasidan ularga tushuntirish ishlari olib borish uchun Viloyat vakilligi, “Nuroniy” jamg‘armasi va oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilaridan iborat Viloyat ishchi guruhi tuzilgan. Bugun ishchi guruh Tayloq, Nurobod tumanlarida bo‘lib, bo‘lajak hojilarga zaruriy tavsiyalar berdi. Yig‘ilishda hududdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va masjid imom xatiblari hamda otinoyilar ishtirok etdi. Bu kabi uchrashuvlar barcha tumanlarda tashkil etiladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 11/07/2019 17:19;   Ko‘rilganligi: 1179
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/hojilar-oldida-turgan-vazifalar
Chop etilgan vaqti: 22/04/2024 02:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing