Xushxabar: Qo‘shimcha Qur'on kurslari ochildi
Allohga shukrki, taraqqiyotimizning yangi davrida yurtimiz aholisining diniy-ma'rifiy ehtiyojlarini qondirish yo‘lida bir qator xayrli va tarixiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Mana shunday o‘zgarishlarga mos ravishda ko‘p sonli fuqarolarimizning taklif va iltimoslarini inobatga olgan holda 2021 yilning 3 iyul kunidan boshlab, Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti va “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus diniy ta'lim muassasasida qo‘shimcha “Qur'oni karim va tajvid” kurslari tashkil etildi.
Haq taoloning kalomini o‘qish istagidagi bo‘lgan mo‘min-musulmonlarimiz shu yil 3 iyul kunidan mazkur diniy ta'lim muassasalariga murojaat qilishlari mumkin (Toshkent islom instituti telefon raqami 71-227-23-47, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus diniy ta'lim muassasasi telefon raqami 71-249-30-90).
Eslatib o‘tamiz, 2018 yildan respublikamizdagi 12 ta – oliy va o‘rta maxsus diniy ta'lim muassasalari, 5 ta – ilmiy maktablarda “Qur'oni karim va tajvid” kurslari faoliyat olib bormoqda.
Alloh taolo mazkur qo‘shimcha “Qur'oni karim va tajvid” kurslarni xalqimizga muborak aylasin, faoliyatlarini muvaffaqiyatli qilsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 02/07/2021 16:53; Ko‘rilganligi: 2374
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:39