O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xayrli va savobli ishda musobaqalashaylik

 
 

“Vaqf” xayriya jamoat fondining joylardagi filiallari tomonidan jamoatchilik hamda e’tiborga muhtoj kishilarga saxovatpesha insonlarni jalb etgan holda yordam berib kelmoqda. Fondning Samarqand viloyat filiali hamda Samarqand shahar “Shohi Zinda” jome masjidi xodimlari va "Murod Avliyo" masjid ziyoratgoh rahbari Xusenov Faxriddinlar tomonidan bir qancha xayrli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Samarqand shahar “Imom Vose” mahalla aholisiga umumxalq “Navro‘z” bayrami munosabati bilan bir bosh qo‘y berildi. Samarqand shahar "Nayman" MFY da istiqomat qiluvchi besh nafar nogironlarga hamda "Xonchorbog‘" MFY da yashovchi besh nafar kam ta’minlangan oilalarga hammasi bo‘lib 800 000 (sakkiz yuz ming) so‘mlik oziq-ovqat va ehson tarqatildi.

Siz ham savobli amallardan chetda qolmang!

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1175
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xayrli-va-savobli-ishda-musobaqalashaylik
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 19:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing