O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xayr-saxovat, mehr-oqibat insonga ziynatdir

 
 

Yaxshilik, xayr-saxovat, mehr-oqibat, silai-rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo insonga ziynat bo‘lib kelgan. Bunday olijanob xislatlarni o‘zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning og‘irini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi. Binobarin, inson ezgulik yo‘lida sa'y-harakat qilsa, umriga, rizqiga baraka kiradi, hayoti osuda, qalbi xotirjam bo‘ladi.

Xuddi shunday fazilatlar xalqimizning azaliy qadriyatiga aylanib, ota-bobolarimiz, momolarimiz va dilbar ayollarimizning jasorati, himmati va imon-e'tiqodi hamda hayosida o‘z aksini topgan.

Qashqadaryo viloyat IIB da faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar Samarqand viloyatidagi ziyoratgohlarda bo‘ldilar. Tabarruk maskan va qadamjolarni ziyorat qilgan xodimlar saxovat tadbirlarini ham amalga oshirdi. Nurobod tumani Oqsoy mahallasida yashovchi kam ta'minlangan oilalar, bemor, keksa yoshli onaxonlar holidan xabar olib, ularga sovg‘a-salomlar ulashdi.

“Bu kabi umuminsoniy qadriyatlar muqaddas Islom dinining asosiy manbalari – Qur'oni Karim va hadislarda ko‘p bora ta'kidlangan. Xususan, Alloh taolo Qur'on karimda: “Ehson-yaxshilikning mukofoti faqat ehson va ezgulik bo‘lajak” (Rohman surasi, 60-oyat) deb o‘zgalarga yaxshilik qiluvchilarga dunyo va oxiratda ulkan mukofotlar borligini ma'lum qilgan”, - dedi mehmonlarga hamrohlik qilgan “Oqsoy” jome masjidi Shuhrat domla Sharipov.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 21/01/2020 11:15;   Ko‘rilganligi: 1433
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xayr-saxovat-mehr-oqibat-insonga-ziynatdir
Chop etilgan vaqti: 09/10/2024 03:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing