O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyatimizda yil imomi aniqlandi

 
 

2017 yilning 24 iyul kuni Samarqand Davlat universiteti asosiy binosi katta majlislar zalida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tasarrufidagi masjid imom xatiblari va noib imomlari o‘rtasida “Yil imomi - 2017” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning dastlabki tuman bosqichida g‘oliblikni egallagan 16 nafar imom xatib va noib imomlar bellashdilar.

Ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada o‘tgan “Yil imomi - 2017” ko‘rik tanloviga viloyat miqyosidagi hakamlar, viloyat bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov, viloyat bosh imom xatibi maslahatchisi Mustafoqul Melikov, viloyat bosh imom xatibining o‘rinbosari Xayrulla Sattorov, Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori Shovosil Ziyodov, Respublika ma’naviyat targ‘bot markazi Samarqand viloyat bo‘limi raxbari O‘tkir Usmonov hay’at sifatida ishtirokchilarni baholab bordilar.

Ko‘rik tanlov natijalariga ko‘ra Pastdarg‘om tumani “Oshiq ota” jome masjidi imom xatibi Azimov Karimxon vilyatning yil imomi deb topildi. Shohsupaning ikkinchi pog‘onasini Samarqand tumani “Yangi masjid” jome masjidi imom xatibi Muhiddinov Halim va Samarqand shahri “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi imom xatibi Maxmudov Zafar band etishdi. Uchinchi o‘ringa yesa Payariq tumani “Sog‘ish ota” jome masjidi imom xatibi Qobilov Nodir loyiq topildi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va vakillikning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

G‘olibga tanlovning respublika bosqichida ham namunali ishtirok etib, viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishini tilab qolamiz.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/07/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2520
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/viloyatimizda-yil-imomi-aniqlandi
Chop etilgan vaqti: 19/03/2024 14:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing