“Vaqf” fondi yana bir oilaga yordam berdi
“Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat fililali hamda filialga qarashli “Hazrati Dovud” ziyoratgohi xodimlari tomonidan homiylarni jalb qilgan holda Nurobod tumani Oqsoy qishlog‘ida yashovchi Fozilov Abdurahimning yashayotgan uyining tom qismi to‘liq ta'mirlab berildi. Bir qismi qismi shifer, qolgan joylari loy suvoq bo‘lgan tom to‘liq tunuka bilan yopildi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun yetti million ikki yuz ming so‘m pul sarflandi.
“Farzandlarimning xursandchiligi cheksiz. Endi qor-yomg‘irli kunlarda tomdan chakka o‘tadi, degan xavotirsiz yashaymiz. Buning uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondi xodimlari, ehson qilgan kishilardan mamnunmiz”, dedi uy egalari.
Fondning Samarqand viloyat filiali rahbari o‘rinbosari Azizxon Sultonov va “Hazrati Dovud” ziyoratgohi ish boshqaruvchisi G‘olib Nazarov ushbu ishlarning boshlanishidan oxiriga qadar bosh-qosh bo‘lib turdilar. Yakunda uy egalarini muborakbod etib, farzandalarining kelajakda yetuk insonlar bo‘lib, Vatanimiz, xalqimiz va muborak dinimizga manfaati yetadigan salohiyatli farzandlar bo‘lib voyaga yetishlarni tiladi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 08/10/2019 11:29; Ko‘rilganligi: 1212
Chop etilgan vaqti: 09/10/2024 02:28