Umra ziyoratingiz qabul bo‘lsin
Bir vaqtlar Haj yoki Umra ziyoratiga borish xalqimiz uchun go‘yoki ushalmaydigan orzu bo‘lgan. Bobolarimizning yaqin o‘tmishda Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi birgina otaxonning Haj ziyoratiga borib kelgani haqida katta havas bilan olamshumul voqea sifatida aytib yurganlarini eshitganmiz.
Allohga beadad shukurlar bo‘lsinki xalqimizning ko‘pchiligi bugunga kelib haj va umra amallarini ado etish baxtiga muyassar bo‘lmoqda. Buning misoli sifatida birgina Samarqand viloyatining o‘zidan har o‘n kunda 200-250 nafar fuqarolarimizning Umra safariga ketayotganlarini e'tirof etishimiz munkin.
Bugun 9 yanvar kuni ham Umra ibodatini ado etish uchun Samarqandlik 196 nafar ziyoratchilar yo‘lga chiqdilar. Har doimgidek ularni viloyat vakilligida kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov tomonidan ushbu muborak safarga otlangan ziyoratchilarga Umraning mazmun-mohiyati, shartlari hamda ado qilish tartib va odoblari to‘g‘risida zarur ma'lumotlar berib, ularning haqlariga duo qildi.
O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 09/01/2020 12:42; Ko‘rilganligi: 1284
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 14:16