O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Umra ziyoratingiz qabul bo‘lsin

 
 

Bir vaqtlar Haj yoki Umra ziyoratiga borish xalqimiz uchun go‘yoki ushalmaydigan orzu bo‘lgan. Bobolarimizning yaqin o‘tmishda Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi birgina otaxonning Haj ziyoratiga borib kelgani haqida katta havas bilan olamshumul voqea sifatida aytib yurganlarini eshitganmiz.

Allohga beadad shukurlar bo‘lsinki xalqimizning ko‘pchiligi bugunga kelib haj va umra amallarini ado etish baxtiga muyassar bo‘lmoqda. Buning misoli sifatida birgina Samarqand viloyatining o‘zidan  har o‘n kunda 200-250 nafar fuqarolarimizning Umra safariga ketayotganlarini  e'tirof etishimiz munkin.

Bugun 9 yanvar  kuni ham Umra ibodatini ado etish uchun Samarqandlik 196 nafar ziyoratchilar  yo‘lga chiqdilar. Har doimgidek ularni  viloyat vakilligida kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov tomonidan  ushbu muborak safarga otlangan ziyoratchilarga Umraning mazmun-mohiyati, shartlari hamda ado qilish tartib va odoblari to‘g‘risida zarur ma'lumotlar berib, ularning haqlariga duo qildi.

O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/01/2020 12:42;   Ko‘rilganligi: 1271
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/umra-ziyoratingiz-qabul-bolsin
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 18:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing