TURKIY TILLI MAMLAKATLAR YOSH IJODKORLARI
Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek madrasasaida turkiyzabon yosh ijodkorlarning "Samarqand she’r oqshomlari" anjumani o‘z ishini boshladi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, yoshlar ittifoqi, yosh ijodkorlar kengashi hamkorligida turkiy xalqlar o‘rtasidagi adabiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston vao‘zbekistonlik iqtidorli yosh ijodkorlar ishtirok etmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosariNodir Jonuzoq, O‘zbekiston xalq shoirlari Usmon Azim, Xurshid Davron va boshqalarturkiy tilli mamlakatlar rahbarlari rahnamoligida umumturkiy millatlar adabiyoti,ma’naviyatini rivojlantirish, ijodkorlarni, ayniqsa, yosh iste’dod egalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini e’tirof etdi.
–Ijod olamiga endi qadam qo‘ygan kezlarimiz bunday anjumanlarda qatnashganmiz, –deydi Usmon Azim. – Turkiy tilli ijodkorlar yig‘ilgan ushbu yig‘inlarda uyg‘ur, tatar,qozoq yoki qirg‘iz adiblari, shoirlari ijodidan doim boxabar bo‘lib kelganmiz. Oradachorak asr bir-birimizning ijodimizdan bebahra yashadik, o‘z bilganimizcha ijod qildik.Bugun esa nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy sohada, balki ijod olamida ham o‘zaro hamkorlikqilish imkoniyati yaratilmoqda.
Anjuman doirasida ishtirokchilarning viloyatimizdagi tarixiy-me’moriy obidalar vaqadamjolar bo‘ylab sayohati, taniqli o‘zbek ijodkorlari ishtirokida mahorat darslari,joylarda qardosh xalqlar yosh vakillarining ijod namunalari asosida she’riyat kechalariuyushtirilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.
Manba: "www.zarnews.uz"
Kiritilgan vaqti: 16/11/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1443
Chop etilgan vaqti: 12/12/2024 10:22