O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Tumanlarga tashrif

 
 

2018 yil 9 mart kuni Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Tayloq va Urgut tumaniga tashrif buyurib, tuman masjidlaridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Bosh imom xatib tomonidan Tayloq tumanidagi “Navxoz ota”, Urgut tumanidagi “Uzun” va “G‘oyib ota” masjidlarida olib borilayotgan rekonstruksiya, ta’mirlash ishlari jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Qurilish ishlarida imkon qadar namozxonlarga ko‘proq qulayliklar yaratish, milliy me’morchiligimiz uslublaridan foydalangan holda masjidlarni go‘zal holga keltirishga doir maslahat va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Urgut tumanidagi “Mulla Is’hoq” masjidida boshlanish arafasida turgan rekonstruksiya ishlari uchun oq fotiha berildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/03/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1846
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/tumanlarga-tashrif
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 14:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing