O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Tinchlik, hamjihatlik bor joyda fayzu barka bo‘ladi

 
 

Oqdaryo tuman bosh imom-xatibi Habibulloxon Abloqulov tumandagi Qum qishlog‘i aholisi bilan uchrashib, “Tinchlik va hamjihatlik” to‘g‘risida suhbatlashdi. Qishloq aholisini o‘zaro ittifoq, hamjihat bo‘lib yashashga, farzand tarbiyasida mas'uliyatini unutmaslikka chaqirib quyidagilarni gapirib o‘tdi:  

Albatta, qayerda tinchlik va osoyishtalik bo‘lsa, o‘sha joyda fayzu baraka, ilm-fan taraqqiyoti bo‘ladi. Xalqimizning barcha yutuqlari zamirida ham ana shu tinchlik-osoyishtalik yotadi. Shu bilan birga ogohlikni ham unutmasligmiz zarur. Chunki, ogohlik davr talabi. Buning uchun biz birdam va hamjihat bo‘lishimiz zarur.  Birdamlik va hamjihatlik yo‘q joyda fitna va buzg‘unchilik kelib chiqadi, tinchlikka darz ketadi. Birdamlik va  hamjihatlik bilan faoliyat yuritish haqida Alloh taolo shunday zikr qiladi: “Ezgulik va taqvo (yo‘li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat  (yo‘li)da hamkorlik qilmangiz” – deyilgan (Moida surasi, 2-oyat). Bu oyati karimada ma'lum bo‘ladiki, ezgu niyat yo‘lida hamkorlik qilish yer yuzida tinchlik barqaror bo‘lishiga bosh omil bo‘lib xizmat qiladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/11/2019 11:43;   Ko‘rilganligi: 1098
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/tinchlik-hamjihatlik-bor-joyda-fayzu-barka-boladi
Chop etilgan vaqti: 09/10/2024 03:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing