O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

#TAYINLOV: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, qiroat ilmi ustozi Alijon qori yangi bo‘lim mudiri etib tayinlandi

 
 

✅ O‘zbekiston musulmonlari idorasida yangi tashkil etilgan “Qur'on tajvidini o‘rgatish” bo‘limi mudiri vazifasiga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, qiroat ilmi ustozi, mudarris, serg‘ayrat olim Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li Haydarov tayinlandi.

❕Ma'lumot o‘rnida, fazilatli ustoz Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li 1995 yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Misr Arab Respublikasidagi Al-Azhar universitetiga o‘qishga yuborilgan. 1998 yil universitetning E'dodiya-tayyorlov bo‘limini, 2001 yilda esa Sanaviya- boshlang‘ich bo‘limini tamomlagan.

2002–2007 yillarda Shariat va Qonun fakultetida ta'lim olgan. 2008 – 2012 yillarda Ulumul Qur'on va qiroat ilmlariga xoslangan ilm dargohida tahsil olgan. Hozirda esa Al-Azhar universitetining Da'vat fakultetida ta'limni davom ettirmoqda.

Qiroat ilmi ustozi Alijon qori Qur'oni karim va tajvid ilmi matnlari bo‘yicha eng mo‘tabar ulamolarning ijozalarini olgan. Shuningdek, u dunyodagi mashhur qiroat allomalariga Allohning kalomini tabarrukona o‘qib bergan.

Bugungi kunda qiroat olimi Alijon qori dunyoning ko‘plab qiroat ilmi ulamolari tomonidan e'tirof etilgan zabardast qorilardan biridir. U o‘n xil qiroat sohibi bo‘lib, 30 yillik umrini Qur'onga bag‘ishlagan. Qur'on ta'limida minglab shogirdlarning ustozi sanaladi.

Islom dini manbalarida inson Qur'onni o‘rganishi bir fazilat bo‘lsa, uni boshqalarga ta'lim berishi yana bir fazilatdir. Qur'onni o‘rganish − ulug‘ ish. Bu odamdan qunt, iste'dod va sabr talab qiladi.


Kiritilgan vaqti: 10/08/2021 08:22;   Ko‘rilganligi: 1002
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/tayinlov-ozbekiston-xalqaro-islom-akademiyasi-faxriy-doktori-qiroat-ilmi-ustozi-alijon-qori-yangi-bolim-mudiri-etib-tayinlandi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing