O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi

 
 

Bugun 28 aprel kuni Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Obi Rahmat” jome masjidida namunaviy sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, O‘zMI mas'ullari, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov, viloyat vakilligi xodimlari, tuman va shahar bosh imom-xatiblari va otinoyilari, shuningdek, «Haj – 2024» ziyoratchilari, mahallalar raislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishdan so‘ng mahallalarga chiqilib, muammoli beshtadan oila o‘rganildi. Ahmadxon domla peshin namozini “Obi Rahmat” jome masjidida ado etib, namozdan so‘ng mo‘min-musulmonlarga Tinchlikning fazilatlari va barakotlari haqida go‘zal mav'iza qilib berdilar.

Xayrli duolar bilan tashrif o‘z nihoyasiga yetdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati

 


Kiritilgan vaqti: 28/04/2025 17:10;   Ko‘rilganligi: 205
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/sayyor-yigilish-xayrli-ishlar-debochasi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 11:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing