O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Sayyor qabul o‘tkazildi

 
 

26 mart kuni Urgut tumanidagi “Urgut iqtisodiyot kolleji” binosida Urgut tuman aholisi bilan Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning sayyor qabuli o‘tkazildi. Savol, mulohaza va takliflarga boy o‘tgan uchrashuvda viloyat mutasaddi idoralar xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili Z.Eshonqulov ishtirok etdi.

O‘tkazilgan sayyor qabul samarali bo‘ldi. Murojaatlarning asosiy qismi o‘z joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar o‘rganib chiqish uchun masalaga daxldor tashkilotlarga taqdim etildi va belgilangan muddatda mazkur murojaatlar qondiriladi yoki ularning egalariga asoslantirilgan javoblar yo‘llanadi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 26/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 688
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/sayyor-qabul-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 29/07/2021 13:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing