Sayyor qabul o‘tkazildi
26 mart kuni Urgut tumanidagi “Urgut iqtisodiyot kolleji” binosida Urgut tuman aholisi bilan Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning sayyor qabuli o‘tkazildi. Savol, mulohaza va takliflarga boy o‘tgan uchrashuvda viloyat mutasaddi idoralar xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili Z.Eshonqulov ishtirok etdi.
O‘tkazilgan sayyor qabul samarali bo‘ldi. Murojaatlarning asosiy qismi o‘z joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar o‘rganib chiqish uchun masalaga daxldor tashkilotlarga taqdim etildi va belgilangan muddatda mazkur murojaatlar qondiriladi yoki ularning egalariga asoslantirilgan javoblar yo‘llanadi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 26/03/2019 00:00; Ko‘rilganligi: 1292
Chop etilgan vaqti: 07/11/2024 01:05