SAMARQANDDA KENG QAMROVLI TARG‘IBOT TADBIRLARI
2016 yilning 29-30 mart kunlari Samarqand viloyati bo‘ylab sakkizta tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlarda Respublika targ‘ibot guruhi vakillaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlar bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Jamshed Aliyev, Toshkent islom universiteti ilmiy tadqiqot markazi xodimi Abdulatif Alloqulov, Toshkent islom instituti prorektori Jahongir Meleqo‘ziyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili Jasur Raupovlar bugunning dolzarb mavzulariga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Viloyat mutasaddi idoralari vakillaridan Kamolot” YOIH viloyat kengashi, viloyat hokimligi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, viloyat vakilligi rahbarlari hamda imom xatiblar tadbirlarda faol qatnashdilar.
29 mart kuni viloyatning Kattaqo‘rg‘on shahar, Paxtachi, Narpay, Ishtixon va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida uchrashuvlarning dastlabki qismlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda mahalla faollari, ishsiz ayollar, uy bekalari, uyushmagan yoshlar, barcha ta’lim muassasalarining ma’naviyat bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, “Dinshunoslik” va “Ma’naviyat asoslari” fanlari o‘qituvchilari, talaba yoshlar, ularning ota-onalari tinglovchi sifatida ishtirok etishdi.
Bo‘lib o‘tgan yig‘inlarda asosiy e’tibor aholi orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, Islom olamida, xususan, Yaqin Sharq mintaqasida kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning mazmun-mohiyati, aqidaparst oqimlarning jihod, takfir, shahidlik, mazhabsizlik, xalifalik kabi masalalardagi soxta da’volariga raddiyalar, globallashuv va mafkuraviy xurujlar: diniy ekstremizm, terrorizm va aqidaparstlikning jamiyat taraqqiyotidagi tahdidi, yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol etib tarbiyalash, ularning ongi va dunyoqarashini missionerlik, “ommaviy madaniyat” kabi salbiy ta’sirlardan himoyalashning muhim yo‘nalishlari kabi dolzarb mavzularga qaratildi.
30 mart kuni Samarqand shahri, Nurobod, Urgut va Payariq tumanlarida uchrashuvlarning uzviy davomi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 31/03/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 3289
Chop etilgan vaqti: 12/12/2024 10:47