O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovning sog‘ligi haqida xushxabar

 
 

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov “Haj - 2023” mavsumida xizmat ko‘rsatadigan ishchi guruh tarkibida Saudiya Arabistoni mamlakatiga jo‘nab ketgan edi. Alloh taoloning taqdiri azali bilan joriy yilning 23 iyun kuni Makka shahrida Zayniddin domla avtohalokatga uchrab, shifoxonaga yotqizilgan va muolajalar boshlangan edi. Suadiya Arabistoni hamda mamlkatimizning mas'ullari va shifokorlari nazoratida 4 avgust kuniga qadar Makka shahridagi shifoxonada davolangan Zayniddin domlaning sog‘ligi me'yorlashganidan so‘ng Toshkent shahriga yetib keldi va hozircha u yerdagi shifoxonada muoalaja davom ettirilmoqda. Domlaning sog‘ligi va holati yaxshi. Tibbiyot xodimlarining xulosasiga ko‘ra yaqin 10 kunda sog‘liklari tiklanib, o‘z vazifasiga qaytadi va faoliyatini davom ettiradi.

Shu o‘rinda bu kabi sinovlar har qanday inson bilan sodir bo‘lishi mumkinligi, bu dunyo imtihonlardan xoli emasligi, har bir inson bilan sog‘lik va kasallik, xursandchilik va xafagarchilik, rohat va g‘am-tashvish birga yurishi Alloh taoloning irodasi bilan bo‘lishini yodga olib, turli xil asossiz gap-so‘zlardan saqlanish maqsadga muvofiqligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Domlamizni Alloh taolo panohida asrasin, ko‘p yillar dinimiz va musulmonlar xizmatida qoim qilsin!

 

X.Temirov – O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi kadrlar

va tashkiliy masalalar bo‘yicha mutaxassisi


Kiritilgan vaqti: 10/08/2023 12:54;   Ko‘rilganligi: 815
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-bosh-imom-xatibi-zayniddin-domla-eshonqulovning-sogligi-haqida-xushxabar
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing