O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Sadaqa Alloh taoloning qo‘liga tushadi

 
 

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

Mo‘min banda bitta xurmo donasini yoki shuncha keladigan pok narsani sadaqa qiladi. Alloh pokdan boshqa narsani qabul qilmaydi. Bas, u Alloh Tabaroka va Taoloning qo‘liga tushadi. Bas, U zot uni biringiz toychog‘ini o‘stirganidek, katta adirdek bo‘lgunicha tarbiya qiladi”, dedilar”.

Samarqand viloyati Nurobod tumani Oqsoy MFY Oqsoy qishlog‘ida yashovchi 3 nafar kam ta’minlangan oilaga “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xayr qilinib, ularning qalbiga surur kirishiga sabab bo‘ldi. Siz ham shu kabi savobli ishlarni qilib, xayrli amallaringizni o‘sishiga harakat qiling.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 07/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1206
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/sadaqa-alloh-taoloning-qoliga-tushadi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 12:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing