O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

RAMAZON OYINING XURMATINI KETKAZIB QO‘YMANGLAR.

 
 

Bu sanoqli oz kunlardir. Muborak Ramazon oyi qaytib kelmoqda. U qadrli, sahovatli va muqaddas bo‘lib arab va Islom olamimiz o‘lkalariga qaytmoqda. Hammalaringizga ma'lum Ramazon oyining ro‘zasi Islom arkonlarining eng ulug‘laridan biridir. Lekin ushbu arkonni bajara olmay o‘tkazib yuborgan, shahvati o‘ziga g‘olib kelib ro‘za tutishdan yuz o‘girgan kishi bu oyning hurmatini taqdirlashni qo‘ldan boy bermasligi lozim. U ushbu nishonning ehtiromini yo‘qotmasligi kerak. Uning Islom arkonlaridan biri bo‘lgan Ramazon oyi ro‘zasiga e'tibor bermay qo‘yishidan qat'iy nazar Ramazon oyining o‘zi Islom nishonlarining eng ulug‘laridan sanaladi. Alloh azza va jalla o‘zining mukammal Kitobida o‘z so‘zini rost aytgan;

"Ish bundoq. Kim Allohning nishonlarini ulug‘lasa, bas, albatta, bu qalblarning taqvosidandir". ("Haj" surasi, 32-oyat).  (Ushbu oyat ma'nosida «nishonlar» deb tarjima qilgan ibora Qur'oni Karimda «shaoir» deb aytilgan. Bu «sha'iyra» so‘zining jami–ko‘pligi, nishon, belgi, alomat ma'nolarini bildiradi. Bu so‘z Alloh taologa nisbat berilib, «shaoirulloh–Allohning nishonlari», deyilganda esa, Allohning dini, Islomning ko‘zga ko‘ringan, shon-shavkati alomati bo‘lgan ibodatlar ko‘zda tutiladi). (Tafsiri hilol).

Tushunchasida ixtiloflar bo‘lgan ushbu so‘zning ma'nosi shuki, kimki Alloh azza va jallaning nishonlarini ulug‘lamasa shubha yo‘qki uning qalbi Alloh taoloning taqvosidan holidir. Agar qalb Allohning taqvosidan holi bo‘lsa bu qalb egasi xohlasa-xohlamasa unga munofiqlik ma'nolari suqulib kira boshlaydi. Demak, biz bilishimiz lozim bo‘lgan narsa shuki, biz ushbu muborak oyni, ushbu oliy va muqaddas islomiy nishonni munosib ravishda kutib olishimiz kerak. Alloh subxanahu va taoloning huzuridagi ehtiromga munosib tarzda qarshi olishimiz lozim. Albatta uning darajasi qanday ekanini Alloh taoloning bayonoti o‘z Kitobida aniq va ravshan bayon qilib bergan. Yana bir bora aytaman; Albatta nafsi o‘zini yenggan va ojiz qolib ushbu oyning ro‘zasini tutishga kuch topa olmagan inson ham ushbu oyning ehtiromini o‘rniga qo‘yishi va uni eng muhim nishonlarning biri deb haqqini ado etishi lozim. Ehtimol shunda Alloh  uning ushbu oyga ko‘rsatgan ehtiromi uchun qiyomat kuni bu oyni unga shafoatchi qilishi mumkin.

Lekin musulmon odamlar orasida ushbu oyning haqqi, Islom arkonlaridan biri bo‘lgan ro‘zani ado etishni xohlamaydigan hamda ushbu muborak nishonni ko‘cha va bozorlarda oshkora parchalashga qat'iyat ko‘rsatadigan kishilar ham bor. Agar musulmonlar orasida ushbu ishni qilishga jur'at etadiganlari bo‘lsa u vaqtda muhim ish sanalgan amri ma'ruf va nahyi munkar ishi ham nomoyon bo‘lishi kerak. Alloh taolo o‘z so‘zini rost aytgan;

"Sizlardan yaxshilikka chaqiradigan, amri ma'ruf–nahyi munkar qiladigan bir ummat bo‘lsin. Ana o‘shalar, o‘zlari najot topguvchilardir". ("Oli Imron" surasi, 104-oyat).

Ushbu so‘zimni aytib Allohdan mag‘firat so‘rayman.

 Muhammad Sa'id Ramazon al-Butiy xutbasidan.

07-senyabr 2007-yil.

Abdulloh G‘ulomov tarjimasi

Manba: Azon.uz


Kiritilgan vaqti: 07/05/2020 11:38;   Ko‘rilganligi: 1201
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ramazon-oyining-xurmatini-ketkazib-qoymanglar
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 13:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing