Ramazon oyini munosib kutib olish va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi
Bugun, 7 mart kuni vakillik binosida Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida tuman bosh imom-xatiblari bilan Ramazon oyini munosib kutib olish va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida bosh imom-xatiblarga masjidlarda mo‘min-musulmonlar ibodat qilishi uchun yetarli shart-sharoitlarni hozirlashga alohida e'tibor qaratilib, binolardagi texnik holatni yaxshilash, xavfsizlik qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini ta'minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Obuna 2024 tadbirlarida eng faol bo‘lgan 2 ta masjid imom-xatiblariga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan berilgan Umra sertifikatini Zayniddin domla ushbu masjid imom-xatiblariga topshirdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan Ramazon oyidagi Xatmi Qur'on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilarni suhbatdan o‘tkazish an'anasi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Jumladan, yig‘ilish so‘ngida Xadis ilmi maktabi o‘qituvchisi Raimjonov Asadullojon qori boshchiligidagi ustozlar Samarqand viloyatidagi masjidlarda xatmga o‘tadigan qorilarni suhbatdan o‘tkazdi hamda ularga ustozlar tomonidan zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
O‘MI Smarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 07/03/2024 16:32; Ko‘rilganligi: 590
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:42