O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ramazon oyi va taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlandi

 
 

Ramazon oyini munosib tarzda kutib olish, uni yuqori saviyada o‘tkazish va Taroveh namozlarida mo‘min-musulmonlarga qulay shart-sharoitlar hozirlash maqsadida masjidlarda tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, masjidlarda taroveh namozlariga qulay shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida joriy yilning 10 aprel, shanba kuni «Ozodalik kuni» o‘tkaziladi.

Koronavirus kasalligi bilan bog‘liq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda taroveh namozlarida sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi. Xususan, namozxonlar tibbiy niqobda bo‘lish, oraliq masofani saqlash, tashrif buyuruvchilar tana haroratini o‘lchash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin tartib-qoidalariga rioya qilinadi.

O‘MI Samarqand viloyat viloyat vakilligi matbusot xizmati


Kiritilgan vaqti: 01/04/2021 07:44;   Ko‘rilganligi: 589
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ramazon-oyi-va-taroveh-namozlariga-tayyorgarlik-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 18:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing