Ramazon oyi va taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlandi
Ramazon oyini munosib tarzda kutib olish, uni yuqori saviyada o‘tkazish va Taroveh namozlarida mo‘min-musulmonlarga qulay shart-sharoitlar hozirlash maqsadida masjidlarda tayyorgarlik ishlari boshlandi.
Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, masjidlarda taroveh namozlariga qulay shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida joriy yilning 10 aprel, shanba kuni «Ozodalik kuni» o‘tkaziladi.
Koronavirus kasalligi bilan bog‘liq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda taroveh namozlarida sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi. Xususan, namozxonlar tibbiy niqobda bo‘lish, oraliq masofani saqlash, tashrif buyuruvchilar tana haroratini o‘lchash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin tartib-qoidalariga rioya qilinadi.
O‘MI Samarqand viloyat viloyat vakilligi matbusot xizmati
Kiritilgan vaqti: 01/04/2021 07:44; Ko‘rilganligi: 590
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 18:04