O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘zbekiston Prezidenti Fransiyaga jo‘nab ketdi

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Fransiya – yuksak darajada rivojlangan, sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlardan birini egallagan industrial-agrar mamlakat. Iqtisodiy salohiyati bo‘yicha dunyoning eng yirik yettita davlati qatoriga kiradi. BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosidan biri, Yevropa Ittifoqi va xalqaro maydonda muhim rol o‘ynaydi.

Fransiya O‘zbekiston bilan hamkorlikdan manfaatdor. Ushbu davlat rahbari Emmanuel Makron mamlakatlarimizning o‘zaro yaqinlashishini qutlab, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Parijga rasmiy tashrifini orziqib kutayotganini ta’kidlagan edi.

Tashrif davomida davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalar va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Kiritilgan vaqti: 08/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1425
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ozbekiston-prezidenti-frantsiyaga-jonab-ketdi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 13:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing