O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Otinoyilarning navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari viloyat vakilligi binosida boshlandi

 
 

Oldin xabar berganimizdek O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi  huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tomonidan otinoylar uchun tashkil etilgan o‘quv kursi Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kolleji binosida olib borilayotgan edi. O‘quv mashg‘ulotlari 2019 yil 16 sentyabrdan boshlangan bo‘lib, har bir guruh 2 hafta  mobaynida 72 soatlik mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda.

“O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda Samarqand viloyati hokimligi, Viloyat Adliya boshqarmasi, Ma'naviyat-ma'rifat markazi, Oila ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabining malakali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan. O‘quv mashg‘ulotlari muammoli ma'ruza, amaliy-trening va davra suhbati kabi interfaol metodlar, shuningdek zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda olib boriladi. Rejaga muvofiq malaka oshirish o‘quvlari bo‘yicha yakuniy test sinovlari ham o‘tkazilmoqda. Test sinovlarini O‘XIA huzuridagi Malaka oshirish markazi mas'ul xodimi O‘.Sattorov, mintaqaviy filial xodimlari T.Evadullayev, J.Ochilov, D.Qosimov va Samarqand viloyati  bosh otinoyisi N.Temirovalar tomonidan olib borilmoqda. Shu vaqtga qadar 5 ta davra o‘qishlari bo‘lib o‘tdi. Unda 487 nafar otinoyilar qatnashib, ularning barchasi yakuniy test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi”, - dedi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi  huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali rahbari T.Evadullayev.

Otinoyilarning 6-davra malaka oshirish o‘quvlari Samarqand viloyat vakilligi binosidagi o‘quv xonasida boshlandi. O‘quvlarning navbatdagi ishtirokchilari bilan Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov mashg‘ulotlardan oldin uchrashib, ularga ushbu ta'lim jarayonlarida muvaffaqiyatlar tiladi hamda otinoyilar oldida turgan vazifalar, ular uchun yaratib berilayotgan sharoitlar haqida gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng Malaka oshirish markazi mas'ul xodimi M.Abdupattoyev otinoyilarga o‘quvlarni tashkil etilishi va Malaka oshirishi markazi faoliyati haqida ma'lumot berdi. Shunday qilib, Otinoyilar ilk darsni katta mamnuniyat bilan zamonaviy, shinam, barcha qulayliklarga ega xonada boshladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 09/12/2019 12:15;   Ko‘rilganligi: 1426
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/otinoyilarning-navbatdagi-malaka-oshirish-oquvlari-viloyat-vakilligi-binosida-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 12:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing