O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“O‘quv mashg‘ulotlari men uchun juda ahamiyatli bo‘ldi”

 
 

Ma'lumki qadimda xalqimiz kelishmovchiliklar, qo‘ni-qo‘shni o‘rtasidagi tortishuvlar, er-xotin o‘rtasidagi tushunmovchiliklar, shuningdek qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda otinoyilar xizmatidan keng foydalanishgan. Otinoyilar Qur'onni, uning tafsiri va ma'nolari tarjimasini, hadislar, xalq og‘zaqi ijodi hamda Payg‘ambarlar tarixini juda yaxshi bilishgan. Yaxshi va go‘zal xulqi bilan elning hurmatida bo‘lishgan.

    Bugungi kun otinoyilari ham jamiyatning faol a'zosi sifatida yoshlar va ayol-qizlar o‘rtasida diniy ma'rifiy tadbirlarga keng jalb qilinmoqdalar. Bu kabi sharafli mas'uliyat esa ulardan o‘z ustilarida tinmay ishlab bilim saviyasi va kasbiy mahoratini oshirib borishlari lozimligini taqozo qilmoqda. Joriy yilning 16 sentyabridan Xalqaro Islom Akademiyasi qoshidagi malaka oshirish markazi Samarqand filialida  otinoyilar uchun 72 soatlik o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil etilishi aynan maqsadga muvofiq bo‘ldi.

Viloyatda faoliyat yuritayotgan otinloyilarimizning 289 nafari shu o‘quv kurslarini tugatib test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdilar va barchalari sertifikat bilan taqdirlandilar. Ikki hafta davomida o‘quv mashg‘ulotlarida olingan bilimlar inshaalloh, otinoyilarimizning faoliyatlarida juda manfaatli bo‘ladi.

M. Qarshiyeva -   Samarqand shahar otinoyisi. “Men 26 yoshimdan buyon  Samarqand shahrida otinoyilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqdaman. 32 yillik otinoyilik faoliyatimda otinoyilarga nisbatan bunaqa yuqori munosabatni ko‘rmaganman. Tashkil etiladigan uqishlar ham nomiga bo‘lardi. 400-500 nafar otinoyi bir yerga jamlanib ma'ruzalar bo‘lardi. Bu ma'ruzalarning samarasi ham sezilmasdi. Hisobot yilining 16-28 sentyabr kunlari Xalqaro Islom Akademiyasi qoshidagi malaka oshirish markazi Samarqand filialida otinoyilar uchun 72 soatlik o‘quv mashg‘ulotlari men uchun juda  ahamiyatli   bo‘ldi. Bilim saviyam, dunyoqarashim, tafakkurim yuksalishiga omil bo‘ldi. Tashkilotchilarga tashakkur bildiraman.

Ibragimova Nodira-.  Samarqand shaxar otinoyisi: “Men qator yillardan buyon otinoyilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqdaman. Faoliyatim davomida otinoyilar uchun mo‘ljallangan bir qator o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etib kelmoqdaman. Otinoyilar uchun mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlarining bu galgisi menda boshqacha tasavvur uyg‘otdi. Kichik guruhlarda o‘quvlarning tashkil etilishi o‘quv samaradorligini ta'minlashda bir omil bo‘ldi.

Bunday o‘quv mashg‘ulotlari davomli va muntazam suratda tashkil etilsa maqsadga muvofiq bulardi. Barcha tashkilotchilarga, shuningdek fan o‘qituvchilari - ustozlarga o‘zimning samimiy minnatdorchiligimni bildirib qolmoqchiman”.

N.Temirova - Viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi


Kiritilgan vaqti: 04/11/2019 16:22;   Ko‘rilganligi: 1112
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/oquv-mashgulotlari-men-uchun-juda-ahamiyatli-boldi
Chop etilgan vaqti: 09/10/2024 02:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing