O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Onlayn: Imom-xatiblar o‘rtasidagi "Arab tili bilimdoni" tanlovi bo‘lib o‘tmoqda

 
 

Bugun, 10 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlar imom-xatiblari o‘rtasidagi
«
Arab tili bilimdoni» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Tanlovni o‘tkazishdan qanday maqsad ko‘zlangan? Tanlovning asosiy maqsadi – arab tilini puxta o‘zlashtirishlarini ta'minlash, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan, dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan arab tilidagi meroslarimieni o‘rganish va imomlarning arab tili manbalaridan foydalanish orqali ularning dunyoqarashini kengaytirishdan iborat.

Tanlovning vazifalari nimalardan iborat? Tanlovning 3 ta asosiy vazifasi bor:

  1. imomlar o‘rtasida arab tili bilimlarini yanada rivojlantirish;
  2. imomlarning arab tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish;
  3. yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar qoldirgan arab tilidagi boy ilmiy merosni o‘rganish, tadqiq qilish va asardagi ta'limotlarni xalqimiz o‘rtasida keng targ‘ib qilish.

Tanlov necha bosqichda o‘tkaziladi? Tanlov saralash va yakuniy bosqichlarda o‘tkaziladi.

Tanlovda qanday shartlar bo‘ladi? Tanlov ishtirokchilari 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashadilar:

  1. Matnni o‘qib berish;
  2. Matnni tarjima qilish;
  3. Matnning mazmunini gapirib berish;
  4. Berilgan so‘zlardan to‘g‘ri gap yasash;
  5. Diniy-ma'rifiy mavzu bo‘yicha arab tilida so‘zlab berish.

 

G‘oliblar uchun qanday mukofotlar beriladi? Tanlovi g‘oliblari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ta'sis etiladigan diplom, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Yakuniy bosqichda:

1-o‘rin. I darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari miqdorida pul mablag‘i;

2-o‘rin. II darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida pul mablag‘i;

3-o‘rin. Ill darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida pul mablag‘i.


Kiritilgan vaqti: 11/11/2021 10:19;   Ko‘rilganligi: 976
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/onlayn-imom-xatiblar-ortasidagi-arab-tili-bilimdoni-tanlovi-bolib-otmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 13:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing