O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Obi rahmat masjidining yangi binosi qad rostlamoqda

 
 

Allohga beadad shukrki, yurtimizdagi ikki mingdan ziyod masjidlarimiz kundan-kunga obod bo‘lmoqda. Ko‘p masjidlar zamonaviy shaklda ta'mirlanib, chiroyli va qulay holatga keltirilmoqda. Xalqimiz bunday jome masjidlarda ibodatlarini xotirjam ado etayotganlaridan mamnunlar.

Shu qatori Samarqand shahridagi bir qancha masjidlarda ham yangi binolarni qurish, obodonlashtrish ishlari olib borilmoqda. Ana shunday masjidlardan biri “Obi rahmat” jome masjididir. Bugungi kunda masjidda namozxonlar uchun yangi, barcha sharoitlarga ega, zamonaviy va milliy arxitektura uslubining uyg‘unlashgan andozasi asosida bino qurilmoqda. Masjid faoliyati, qurilish ishlari bilan tanishish maqsadida Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar Mahmudov “Obi rahamat” masjidida bo‘ldi.

 

“Shu yilning 15 may kuni eski binolarni buzish ishlari boshlangan edi. Bugunga qadar masjidning podval qismi to‘liq bitkazilgan bo‘lib, eshik romlar o‘rnatildi, devorlarga ishlov berilmoqda. Nasib bo‘lsa, masjid ikki mingdan ziyod namozxonlarni bag‘riga sig‘diradigan bo‘ladi. Diametri 8 metrlik gumbaz o‘rnatiladi. Ustolar o‘zimizning mahallaning yigitlari. Ish boshlangandan buyon qurilish anjomlari saxiy kishilar tomonidan ehson qilinmoqda. Bu borada kamchiliklar yo‘q. Inshalloh, yil yakunigacha masjid binosini foydalanishga topshirishga harakat qilamiz, deyishmoqda ustolar. Namozlarni jamoat bilan ochiq maydonda ado etmoqdamiz. Namozxona sifatida qo‘shimcha bino ham hozirlab qo‘yganmiz”, deydi masjid imom-xatibi Akmal domla Mamatqulov.  

 

 

Darhaqiqat, masjid qurish, ularni obod etish, ta'mirlash ulug‘ savobli amallardir. Domla tarafidan ushbu ishda bosh-qosh bo‘lib turgan imom domla va masjid xodimlari, saxovatpesha insonlar, ustolar, hasharchilar, barcha-barchalarining say'-harkatlariga Alloh taolo kuch-quvvat, nomai a'molllariga ulkan savoblarni berishini so‘rab duoi xayrlar qilindi. Zero, masjidni obod etishning savobi ulug‘ ekani Islom manbalarida bayon qilingan.  Bu haqda Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan bunday rivoyat qilingan: “Kim masjidda bitta chiroq yoqsa, o‘sha chiroqning nuri o‘chgunicha farishtalar u kishining haqqiga istig‘for aytib turadilar”.
Qadimiy va navqiron Samarqandimizda qad rostlayotgan ushbu jome masjid, mo‘min-musulmonlar uchun juda katta tuhfa bo‘ladi inshoalloh.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 12/07/2021 12:25;   Ko‘rilganligi: 1140
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/obi-rahmat-masjidining-yangi-binosi-qad-rostlamoqda
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing