Naqshband turizm festivali Samarqand bosqichi nihoyalandi
11-12 noyabr kunlari Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan “Naqshband turizm festivali – 2018” qatnashchilari Samarqand viloyatida ziyoratda bo‘ldilar.
Imom Buxoriy, Xo‘ja Ahrori Valiy, Registon, Shohi Zinda majmuasi, Imom Motrudiy maqbarasi va Ulug‘bek rasadxonasini ziyorat qilgan mehmonlar o‘zlari bilan olam-olam taassurot olganlari shubhasiz.
Ular o‘z iqrorlarida ulamolar yurtini ko‘rib turganlaridan, ularning qabrini ziyorat etib, qoldirgan madaniy meroslarini guvohi bo‘lganlaridan o‘ta xursand ekanliklarini qayta-qayta ta’kidladilar.
Toshkent shahrida davom etadigan festival ishiga omadlar tilaymiz.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 12/11/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1616
Chop etilgan vaqti: 19/01/2025 20:58