O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

NAMOZXONLAR KAYFIYATI A’LO

 
 

2018 yil, 2 mart juma. Muborak juma kuni munosabati bilan Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov namozxonlar kayfiyatini ko‘tarish, bugungi kundagi islohotlar mazmun-mohiyatini yetkazish, masjidlardagi sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand shahridagi “Damariq” jome masjidida bo‘ldi.

Juma ma’ruzasi davomida bugungi kunda yurtimizda ro‘y berayotgan misli ko‘rilmagan islohotlar, xalq manfaati oliylarga ko‘tarilgani, tadbirkorlikka keng yo‘l ochilgani, vatandoshlarimizning yaxshi yashashlari uchun ko‘plab kattadan katta loyihalar amalga oshrilayotgani aniq misollar asosida tushuntirib o‘tildi.

Islom diniga berilgan e’tibor, bugungi kunda muqaddas dinimizni o‘rganish yo‘lida yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi. O‘z navbatida bu borada mo‘min musulmonlardan ham imkoniyatlardan oqilona foydalanish, ishonchni su’i ismtemol qilmaslik, barcha e’tiborni yurt tinchligi, ravnaqi, xalqimizning ma’rifatini ziyoda etishga qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 03/03/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1708
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/namozxonlar-kayfiyati-alo
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 03:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing